Lanishga qarshi nosteroid va steroid tuzilishidagi dori vositalari klinik farmakologiyasi
Download 316.21 Kb. Pdf ko'rish
|
8 - Nazariy materiyal
YALLIG‘LANISHGA QARSHI NOSTEROID VA STEROID TUZILISHIDAGI DORI VOSITALARI KLINIK FARMAKOLOGIYASI Nosteroid tuzilishdagi Yallig‘lanishga qarshi dorilarga Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldirish, tana haroratini pasaytirish va organizmning sensibilizatsiYa qobiliYatini susaytirish ta’sirlar xosdir. Ularning bu ta’siri asosida araxidon kislotasidan prostaglandinlar hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi siklooksigenaza va prostaglandinsintetaza fermentlari majmuasi faoliYatini susaytirish qobiliYati yotadi. Ma’lumki, fosfolipaza A hujayra qobig‘idagi fosfolipidlar-araxidon kislotadan siklooksigenaza siklida undan prostaglandinlar (PG), lipooksigenaza siklida esa leykotrienlar (LT) hamda sekin reaksiYa kirishuvchi anafilaksiYa moddalari hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu jarayonlar mobaynida kuchli oksidlovchi ta’sirga ega bo‘lgan erkin kislorod radikallarining hosil bo‘lishi Yallig‘lanishning kuchayishiga sabab bo‘ladi. SHuni esda tutish kerakki, turli kimyoviy guruhlarga mansub nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan dorilar har xil PG lar hosil bo‘lishini turli darajada susaytiradi hamda ularning bu ta’siri barcha a’zolarda kuzatiladi. Bu dorilarning va aloxida guruhga kiruvchi dorilarning umumiy ta’sir kuchi bir-biridan farq qilganligi sababli ularni bemorlarga tavsiYa etishda ham farq bo‘ladi. Nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan Yallig‘lanishga qarshi dorilar Yallig‘lanishni susaytiradi, mayda qon tomirlarini kengaytiradi, lizosoma membranalari o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, Yallig‘lanish uchog‘ining energiYa bilan ta’minlanishi buzilishi (ATF hosil bo‘lishi kamayishi) natijasida Yallig‘lanish mediatorlari (gistamin, serotonin, kininlar, immun xususiYatli moddalar, ayniqsa prostaglandinlar hosil bo‘lishi buzilishi, to‘qimalar tuzilishini buzadigan reagentlar), kislorod radikali va boshqalar Yallig‘lanishda ishtirok etuvchi moddalar tuzilishining o‘zgarishi bilan ularning sitostatik ta’siri tabiiy omillar xususiYatini oshiradi. SHu sababli bu dorilar kelib chiqish sababidan qat’iy nazar har qanday Yallig‘lanishni kamaytiradi. Masalan, steroid gormonlar, salitsilat kislota hosilalari, indometatsin qon tomirlar o‘tkazuvchanligini, Yallig‘lanish uchog‘ining energiYa bilan ta’minlanishini susaytiradi, ba’zi dorilar (masalan, kolxitsin, oltin preparatlar) esa faqat ma’lum turdagi Yallig‘lanishgagina qarshi ta’sir qiladi. Download 316.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling