Lanishga qarshi nosteroid va steroid tuzilishidagi dori vositalari klinik farmakologiyasi


Download 316.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana05.04.2023
Hajmi316.21 Kb.
#1276294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8 - Nazariy materiyal

Farmakokinetikasi. Sintez yo‘li bilan olingan glYukokortikoidlar kamroq 
(60—70%) bog‘langan holda bo‘ladi, shu sababli ular hujayralarga tez kiradi va 
o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi. GKlar jigarda parchalanadi, bu jixatidan kattalar va 
bolalarda deYarli farq qilmaydi, siydik bilan uzoq vaqt davomida (72 soatda) 
ajralib chiqadi. Qonida oqsil kamayib ketgan kasallarda (gipoalbuminemiYa) 
ularning qondagi erkin miqdori Yanada ko‘proq bo‘ladi. SHu sababli bunday 
bemorlarga ularning bir martalik miqdorini kamroq tavsiYa etish kerak. Sintetik 
glYukokortikoidlar to‘qimalarda sekinroq parchalanadi, shu tufayli ularning Yarim 


biologik xayoti uzoqroqdir. 
Kortizonning Yarim biologik hayoti 8-12 soat bo‘lsa, prednizolonniki 12-36 
soat, deksametazonniki esa 36-54 soat. Tabiiy GKlar (gidrokortizon, kortizon) nat-
riy xlor, bikarbonatlar va suvni organizmda ko‘proq ushlab qolsa, vodorod va 
kaliyning ko‘proq chiqarilganligi sababli metabolitik alkalozni keltirib chiqaradi. 
Sun’iy GKlarda Yuqorida qayd qilingan xususiYatlar kamroq (prednizolon, 
prednizon) yoki butunlay yo‘k (metilprednizolon, deksametazon, triamsinolon). 
GKlar hujayralarga osonlik bilan kirib, hujayra sitoplazmasidagi retseptorlar bilan 
birikadi. U hujayra Yadrosiga kirib, oqsil hosil bo‘lishida qatnashuvchi genlarga 
hamda apofermentlar va turli kofaktorlarga birikadi. Natijada fermentlar hosil 
bo‘lishini boshqarish, oqsil sintezi va moddalar almashinuvini idora etishda, 
shuningdek, to‘qimalarning biologik faol moddalarga reaksiYasini, shu jumladan 
asab oxiridagi mediatorlar sezuvchanligining oshib borishida ishtirok etadi. 
GKlarning 
Yallig‘lanishni 
to‘xtatish 
mexanizmi. 
1.Lizosoma 
membranalarini mustaxkamlab, ulardan turli oqsillarni parchalaydigan fermentlar 
chiqishini kamaytirish hisobiga alteratsiYa jarayonini kamaytiradi. 2.Fosfolipaza 
A
2
faolligini kamaytiradi, bu o‘z navbatida araxidon kislota, PG, LT, serotonin, 
bradikinin, gistamin hosil bo‘lishini susaytiradi va ekssudatsiYani kamaytiradi. 3. 
Kislotali mukopolisaxaridlarning kamayishi qon zardobidan Yallig‘lanish 
uchog‘iga tushgan suv va oqsillar birikishi susayishiga, fibrin to‘planishi (qon 
tomirlarida va Yurak qopqoqlarida) kamayishi esa proliferatsiYa jarayoni 
pasayishiga sabab bo‘ladi. 

Download 316.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling