Lanishga qarshi nosteroid va steroid tuzilishidagi dori vositalari klinik farmakologiyasi


GKlarning immun tizimga susaytiruvchi ta’siri


Download 316.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana05.04.2023
Hajmi316.21 Kb.
#1276294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8 - Nazariy materiyal

GKlarning immun tizimga susaytiruvchi ta’siri. Timus pustlogidagi tinch 
yotgan limfa to‘qimalar ta’siriga bog‘liq bo‘lib, bu hujayra qobig‘idagi lizosoma 
fermentlarini faollashtirish orqali katabolizmga ta’sir etadi. U shuningdek, 
hujayrada oqsil sintezini tezlashtirish yo‘li bilan antianabolitik ta’sir etadi va 
natijada limfotsitlar soni kamaYadi. Bundan tashqari, prednizolon suYak qumigida 
limfotsitlarning bo‘linish davrini uzaytirishi hisobiga T-limfotsitda proliferatsiYani 
ham kamaytiradi. 
O‘zaro ta’siri. Difenin, barbituratlar, rifampitsin, GKlarning parchalanishini 
tezlashtiradi. GKlar ichakda kalsiy so‘rilishini pasaytiradi, vitamin D 
almashinuvini buzadi, paratgormon ajralishini kuchaytiradi.
Ishlatilishi. Faol revmatizmda prednizolon sutkasiga 25—30 mg dan 
tavsiYa qilinadi. Agar kasallik rivojlangan bo‘lib, revmokardit serozit bilan 
kechayotgan bo‘lsa, dori miqdorini 40 mg ga qadar ko‘paytirish mumkin. 
Terapevtik samara olingach, prednizolon miqdori 2,5 mg (0,5 tabl.) dan har 5—7 
kunda kamaytiriladi. Davolash vaqti 1—2 oy. Davolash kursiga ko‘pincha 500—
800 mg miqdorda dori sarf bo‘ladi. 
Revmatik artritlarda sutkasiga 15—20 mg dan prednizolon tavsiYa etiladi. 
Agar bemorning harorati Yuqori bo‘lsa, dorining sutkalik miqdorini 40 mg gacha 
kamaytirish mumkin. Samara olingach, sutkalik miqdorning Yarim yoki turtdan bir 
qismini har xaftada kamaytirib boriladi. Zarur bo‘lsa, 5—15 mg dan uzoq muddat 
berib borish mumkin. 
Immun tizim kasalliklarida gormonlar kasallikning og‘ir-engillik darajasini 
hisobga olgan holda sutkasiga 40—80—100 mg ga qadar tavsiYa etiladi. Bu 


kasalliklarda prednizolonni sutkasiga 10—15 mg dan uzoq yillar davomida ichib 
Yurish tavsiYa etiladi. Gormonlar prednizolon allergik va Yuqumli-allergik 
tabiatli kasalliklar (miokarditlar, vaskulit, sarkoidoz, buyrak kasalliklari)ni 
davolashda 6 xafta davomida beriladi. Tez o‘tuvchi o‘tkir gepatitlarda 50—100 mg 
prednizolon kuniga, o‘tkir bo‘lmagan holatlarda 20—40 mg dan ichishga 
buYuriladi. Jigar kasalligida esa kuniga 100 mg dan tomirga Yuboriladi. 
PediatriYada gormonlar uzoq muddatli autoimmun gemolitik anemiYani, 
trombotsitopeniYa, nefritning ba’zi bir ko‘rinishlari, yo‘g‘on ichak Yarasi, o‘tkir 
leykoz, bod, bronxial astma kasalligini davolashda tavsiYa etiladi. YUqorida nomi 
keltirilgan kasalliklarda va o‘tkir allergik sindromlarda glYukokortikoidlarning 
kunlik miqdori, Yuborish tartibi bolaning tana og‘irligiga hamda kasallikning 
kechishiga va og‘ir-engilligiga qarab Yakka tartibda tanlab olish bilan tavsiYa 
etiladi. 

Download 316.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling