Lanishga qarshi nosteroid va steroid tuzilishidagi dori vositalari klinik farmakologiyasi
Download 316.21 Kb. Pdf ko'rish
|
8 - Nazariy materiyal
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAllig‘lanishga qarshi ta’sirga ega fitopreparatlar
GKlarning salbiy ta’sirlari. Dori qisqa muddat Yuborilganda salbiy ta’siri
kuzatilmaydi, lekin ba’zi bemorlarda ishtaxa kuchaYadi, tana vazni ortadi, qon bosimi ko‘tariladi, meda-ichakda Yara paydo bo‘lishi mumkin. GKlarning Yuqorida sanab o‘tilgan salbiy ta’sirini kamaytirish uchun bunday ta’sirlarni kamaytiradigan (antibiotiklar, siydik haydovchi vositalar), qon bosimini tushiradigan va boshqa dorilarni tayyorlab qo‘yish kerak. GKlar uzoq muddat berilganda (oylar, yillar davomida) buyrak usti bezi faoliYati pasayib ketadi. SHu sababli GKlarni bunday bemorlarga berish birdaniga to‘xtatilganda asosiy kasallik belgilari zo‘riqib ketishi mumkin. SHu sababli bunday bemorlar operatsiYa qilinadigan bo‘lsa yoki homilador ayolga GKlar miqdorining bir oz ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Dorini to‘xtatish sindromini oldini olish uchun uzoq vaqt GK qabul qilgan kasallarda GKlar miqdorini asta-sekin kamaytirib borib, so‘ngra butunlay to‘xtatish tavsiYa etiladi. Bu vaziYatlarda uni kuniga bir marta yoki kunora berish tavsiYa etiladi. CHunki bunday tartibda GKlarning biologik ta’siri Yuzaga chiqsada, salbiy ta’sirlari paydo bo‘lib ulguraolmaydi. Vrach GKlardan to‘g‘ri foydalana bilsa ularning Yuqorida keltirilgan salbiy ta’siri terapevtik ta’siridan orqada qoladi va kasallik sindromi kam uchraydi. YAllig‘lanishga qarshi ta’sirga ega fitopreparatlar YAllig‘lanishga qarshi xususiYatli dorivor o‘simliklar: SHirinmiYa, ildizi Dorivor tirnoqgul, gullari Oq qayin, gullari Dorivor romashka, gullari O‘rmalab o‘suvchi ajiriq, ildizi Sariqchoy, ko‘kati Dorivor marvarak, gullari Katta bo‘zchi, gullari, urug‘i Malina, mevasi Achchiq Yalpiz, barglari Ittikan, ko‘kati Prostatit. FitoterapiYada mikroblarga qarshi, Yallig‘lanishga qarshi vitaminlar saqlovchi o‘simliklar yig‘malalari tavsiYa etiladi. KimyoterapiYa dorilaridan keyin 1-1,5 oy davomida, yiliga 2-3 marta o‘tkazilgani ma’qul. 39. Rp: Qush taron, ko‘kati (Polygonum aviculare, herba) 90,0 Oddiy bo‘ymadaron, ko‘kati (Achillea millefolium, herba) 70,0 Bo‘znoch, barglari (Plantago major, folia) 70,0 Sariqchoy, ko‘kati (Hypericum perforatum, herba) 70,0 Dorivor qoqi, ildizi (Taraxacum officinalis, radices) 70,0 Dorivor tirnoqgul, gullari (Calendula officinalis, flores) 50,0 Namatak, mevasi (Rosa cinnamomea, fructus) 50,0 Oddiy brusnika, barglari (Vaccinium vitis-idaea, folia) 10,0 D.S. 1 osh qoshiq yig‘maga 500 ml qaynagan suv quyib, 1 soat davomida damlangach, dokadan o‘tkazib, kuniga ½ stakandan ovqatdan 15 daqiqa oldin va uyqudan oldin ichiladi. Download 316.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling