Xinolin
unumlari.
Farmakokinetikasi.
Xingamin
uzoq
vaqt
Yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va Yaxshi so‘riladi, qonda davolovchi
miqdori asta-sekin oshadi va uzoq saqlanib turadi, ko‘proq siydik va axlat bilan
ajraladi. Siydikning ishqoriy muhitida uning ajralib chiqishi kamaYadi.
Plakvenilning 60 foizi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi, qolgan qismi
esa dezetilxloroxon, dezetiloksixlorin va bisetilxloroxin holida chiqariladi.
Ishlatilishi. Xolin hosilalari surunkali allergik tabiatli Yallig‘lanish bilan
kechayotgan va boshqa YAQND ta’sir qilmayotgan kasalliklarda (revmatoid
artritlar, uzoq va to‘xtovsiz kechayotgan revmatizm, kollagenozlar, surunkali
allergik miokardit, sarkoidoz, surunkali nefrit, amiloidoz) tavsiYa etiladi.
Xinolin unumlari uzoq vaqt tavsiYa etilganda (6-10 oydan so‘ng) o‘z
ta’sirini ko‘rsata boradi.
Salbiy ta’siri. Katta miqdorlarda (xloroxin – 0,3, plakvenil – 0,5) uzoq vaqt
berilganda teri kasalliklarini, teri qichishi, dispeptik hodisalar, bosh aylanishi va
ko‘rish qobiliYati buzilishi singari salbiy ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Lekin bu dorilar miqdorini kamaytirish yo‘li bilan uning salbiy ta’siri
kamaytiriladi.
Qarshi ko‘rsatma. Bu dorilarni homilador ayollarga, ko‘z pardasi
kasalligida, sitopeniYada, jigar va ruxiy kasalliklarda tavsiYa etilmaydi.
Yallig‘lanishga qarshi steroid dori vositalari
GlYukokortikoidlar (GK) gidrokortizon (kortizol), kortizon, prednizolon,
prednizol, triamsinolon (polikartolon, kenalog), kepakort, deksametazon,
metilprednizolon (urbazon), beklametazon (bekatil).
GlYukokortikoidlarning biologik ahamiYati. Bularning aksariYati
me’da-ichakdan va teridan Yaxshi so‘riladi, lekin triamsinolon atsetoid (ftorokort,
kenakort) asosini tashkil qiladi, faqat maxalliy qo‘llash uchun chiqariladi. Bekatil
ham ko‘proq maxalliy (aerozol holida) ishlatilganda ta’sir qiladi.
Qon zardobida glYukokortikoidlar sof holda hamda globulin va transkortin
bilan birikkan holda uchraydi. U vaqti-vaqti bilan sof gormon ajratib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |