Lanishga qarshi nosteroid va steroid tuzilishidagi dori vositalari klinik farmakologiyasi


Download 316.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana05.04.2023
Hajmi316.21 Kb.
#1276294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8 - Nazariy materiyal

GKlarning salbiy ta’sirlari. Dori qisqa muddat Yuborilganda salbiy ta’siri 
kuzatilmaydi, lekin ba’zi bemorlarda ishtaxa kuchaYadi, tana vazni ortadi, qon 
bosimi ko‘tariladi, meda-ichakda Yara paydo bo‘lishi mumkin. 
GKlarning Yuqorida sanab o‘tilgan salbiy ta’sirini kamaytirish uchun 
bunday ta’sirlarni kamaytiradigan (antibiotiklar, siydik haydovchi vositalar), qon 
bosimini tushiradigan va boshqa dorilarni tayyorlab qo‘yish kerak. GKlar uzoq 
muddat berilganda (oylar, yillar davomida) buyrak usti bezi faoliYati pasayib 
ketadi. SHu sababli GKlarni bunday bemorlarga berish birdaniga to‘xtatilganda 
asosiy kasallik belgilari zo‘riqib ketishi mumkin. SHu sababli bunday bemorlar 
operatsiYa qilinadigan bo‘lsa yoki homilador ayolga GKlar miqdorining bir oz 
ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Dorini to‘xtatish sindromini oldini olish uchun uzoq 
vaqt GK qabul qilgan kasallarda GKlar miqdorini asta-sekin kamaytirib borib, 
so‘ngra butunlay to‘xtatish tavsiYa etiladi. Bu vaziYatlarda uni kuniga bir marta 
yoki kunora berish tavsiYa etiladi. CHunki bunday tartibda GKlarning biologik 
ta’siri Yuzaga chiqsada, salbiy ta’sirlari paydo bo‘lib ulguraolmaydi. Vrach 
GKlardan to‘g‘ri foydalana bilsa ularning Yuqorida keltirilgan salbiy ta’siri 
terapevtik ta’siridan orqada qoladi va kasallik sindromi kam uchraydi. 
YAllig‘lanishga qarshi ta’sirga ega fitopreparatlar 
YAllig‘lanishga qarshi xususiYatli dorivor o‘simliklar
SHirinmiYa, ildizi 
Dorivor tirnoqgul, gullari 
Oq qayin, gullari 
Dorivor romashka, gullari 
O‘rmalab o‘suvchi ajiriq, ildizi 
Sariqchoy, ko‘kati 
Dorivor marvarak, gullari 
Katta bo‘zchi, gullari, urug‘i 
Malina, mevasi 
Achchiq Yalpiz, barglari 
Ittikan, ko‘kati


Prostatit. FitoterapiYada mikroblarga qarshi, Yallig‘lanishga qarshi 
vitaminlar saqlovchi o‘simliklar yig‘malalari tavsiYa etiladi. KimyoterapiYa 
dorilaridan keyin 1-1,5 oy davomida, yiliga 2-3 marta o‘tkazilgani ma’qul. 
39. 
Rp: Qush taron, ko‘kati 
(Polygonum aviculare, herba)
90,0 
Oddiy bo‘ymadaron, ko‘kati 
(Achillea millefolium, herba)
70,0 
Bo‘znoch, barglari
(Plantago major, folia)
70,0 
Sariqchoy, ko‘kati 
(Hypericum perforatum, herba)
70,0
Dorivor qoqi, ildizi 
(Taraxacum officinalis, radices) 
70,0
Dorivor tirnoqgul, gullari 
(Calendula officinalis, flores)
50,0 
Namatak, mevasi 
(Rosa cinnamomea, fructus) 
50,0 
Oddiy brusnika, barglari 
(Vaccinium vitis-idaea, folia)
10,0 
D.S. 1 osh qoshiq yig‘maga 500 ml qaynagan suv quyib, 1 soat davomida 
damlangach, dokadan o‘tkazib, kuniga ½ stakandan ovqatdan 15 daqiqa oldin va 
uyqudan oldin ichiladi.

Download 316.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling