8. Jadidlar, o ‘zbek millatining boy-badavlat va farovon yashashi uchun
Turkistonda barcha sharoitlar mavjud deganlarida qanday omillarni
nazarda tutgan edilar?
9. A. Fitrat Turkiston musulmonlari Yevropa texnikasi, texnologiyasi,
zamonaviy ilmi, sarmoyasi va tajribasini jalb qilish orqali rivojlanish
kerak degan g‘oyani ilmiy jihatdan qanday asosladi?
10. Yevropaning taraqqiy etishida Sharqning qo‘shgan hissasini jadidlar
qanday baholagan edilar?
11. Fayzulla Xo‘jayev va boshqa ziyolilar nima uchun agrar sohani
isloh qilish ishini ustuvor vazifa deb qaraganlar? Ular ilgari surgan
agrar islohot takliflari qanday edi?
12. Buyuk jadidchi olimlarimizning iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan
qanday asarlarini o ‘qigansiz va o ‘rgangansiz?
TAYANCH IBORALAR:
0 ‘zbek jadidlari harakati- XIX asrning oxiri XX asr boshlarida millat,
Vatan taqdiri uchun o ‘zlarini mas’ul deb bilgan va uni qoloqlikdan
chiqarishga o ‘zlarining butun vujudini, aqliy salohiyatini, kerak bo‘lsa,
iqtisodiy imkoniyatlami ham bag‘ishlovchi jadidlar deb nomlangan bir
guruh o‘zbek vatanparvar, millat fidoiysi, ziyolilar harakati.
Abdurauf Fitratning «Hind sayyohi bayonoti» asari- bu asar «Abd
ar-Rauf» imzosi bilan 1912- yili (hijriy 1330) Istanbulda «Bayonoti sayyohi
hindi» nomi ostida fors-tojik tilida chop etilgan. «Hind sayyohi bayonoti»
asari A. Fitratning iqtisodiy fikrlari bayon etilgan asardir.
Jadidlar tafakkurida raqobat va raqobatchilik- iqtisodiyotning
harakatlantiruvchi kuchi raqobat ekanligi ma’lum. Biroq, raqobatchilik
uchun raqobatchilik muhiti bo‘lmog‘i lozim. Jadid iqtisodiy tafakkurida
raqobat va uning muhitiga oid bir qancha iqtisodiy qarashlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |