«Ihroj san’ati»- yer osti boyliklarini qazib olish.
«A’mol san’ati»- uskunalar (fabrika, zavodlar) yaratish.
Turkiston qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish asoslari yerga ishlov
berishni zamonaviy texnika asboblariga ko‘chirish, dehqonchilikni
intensivlashtirish, qishloq xo‘jaligiga yangi texnologiyalarni joriy etish.
Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini avj oldirish, bu masalada davlat dasturi
ishlab chiqish.
Savdo va tijorat ishining milliy tamoyil-qoidalari - birinchidan. savdo
va tijorat ishida Vatan, milliy, xalq manfaatlari hisobga olinishi,
162
ikkinchidan. bu ishda tijorat ahli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni
zamonaviy sanoat asosiga qurishda yordam ko‘rsatishlari, sohibkorlarga
amaliy madad berishlari, tovarlarni arzonlashtirish yo'llarini izlashlari,
uchinchidan. yevropaliklardan savdo va tijorat qilish ilmini hamda foyda
olish zamirida madaniy savdo xizmati ko‘rsatishni o'rganish.
Turkiston iqtisodiyotining raqobatsizlik sabablari- birinchi, nozoalla,
hisobsizlik, aql va tarbiyasizlik bizni barbod etdi. Ikkinchi,- naf va
zararimizni bilmaganimiz, tijorat ishi va ahli zamondan bexabarligimizdan,
xulosa-jaholat va nodonligimizdandir, uchinchidan,- «qo‘ldagi bor
nimarsalarimizni to‘y va azog‘a, behuda odatlarg'a sarf etarmiz. Ko‘rpamizga
qarab oyoq uzatmaymiz. Qarz ila imorat, to‘y qilarmiz, isrof qilarmiz».
1000 yillar ilgari Yevropaning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti- 1000 yillar
ilgari Yevropa xalqlari iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qoloq bo‘lgan. 0 ‘n
birinchi asrda Yevropa shaharlari kichik va oddiy, qishloqlari vayron
kulbalardan iborat edilar.
Yevropaning Turikstondan o ‘rgangan amallari- Ziroat: ko‘k bug‘doy,
Do'stlaringiz bilan baham: |