bo'lib kelgan rus injenerining mezmon bilan suhbati epizodi misolida
tavsiflaydi. Ulaming suhbatini zimdan kuzatib turgan Miryoqib shuni
ilg‘ab oladiki, ular yashaydigan kimsasiz cho‘l bag‘ridan temir yo‘l
o ‘tkazilar ekan, yo‘lning muhandislik va moliyaviy masalalari hukumat
darajasida hal qilingan. Bunday darak Miryoqubni harakatga chorlaydi.
«Miryoqub poyezdning qayerlardan o ‘tishini bilib olgan edi...
Oradan bir hafta o ‘tar-o‘tmas bezovtalik harakatga va ishga aylandi. Bir
oyga yetar-yetmas, o‘sha kelajak poyezd yo‘li bo‘ylaridan Miryoqub juda
ko‘p- bir necha yuz desyatina yer sotib oldi. Yerlaming hammasi deyarlik
suvsiz, noobod, tashlandiq yerlar edi. Shuncha ko‘p yerga qancha oz pul
ketdi. Ko‘plar bu shoshilinch savdoni bilmadilar, bilganlar Miryoqub
«jinni bo‘libdi» dedilar...
Shirkat poyezd yo‘li solishga ijozat olib tayyorliklarga kirishgandan
keyingina, Miryoqub qilgan ishni Noib to‘raga aytdi.
' A. Fitrat. Tanlangan asarlar, 1-jild «Hind sayyohi bayonoti* Т., 2000, 120-bet
160
-Sen xuddi bir amerikalikka o ‘xshaysan Miryoqub- dedi to‘ra.
- Lekin, chakki shu sartiya ichida tug‘ilib qolgansan!1».
Cho‘lpon Miryoqub timsolida xalqimizga xos uddaburonlik, zamona
zaylini oldindan ilg'ab olish, mavjud sharoitda qanday harakat qilishni
bilish, bozor iqtisodiyoti odamlariga xos tavakkalchilik, oz sarf bilan
ko‘p foyda olishga intilish, boshlangan ishning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish fazilatlarini ko‘rsatadi. Miryoqub o'zidagi
ana shu fazilatlari tufayli tez fursatda qo‘sha-qo‘sha do‘konlarga, sheriklik
asosida egalik qilinadigan zavodga, bankda o‘z sarmoyasiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |