Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Qadimgi Gretsiya iqtisodiy ta’Iimotlari
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
4. Qadimgi Gretsiya iqtisodiy ta’Iimotlari
Qadimgi Gretsiyaning iqtisodiy ta ’limotlarini o'rganar ekanmiz, biz quldorlik tuzumini barpo bo‘lishi, rivojlanishi va parokandalikka uchrashi evolyutsiyasini yaqqol ko'rishimiz mumkin. Antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik shaklda rivoj topgan bo‘lib, iqtisodiy g'oyalar ham o ‘sha davrda vujudga kelgan edi. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)da ijtimoiy- iqtisodiy hayotning h am m a jab halarid a quldorlik bevosita ishlab chiqaravchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakllariga aylangan edi. Ishlab chiqarish quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borilar, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanar edi. Bizgacha yetib kelgan yozma iqtisodiy-adabiy m anbalarni o ‘rganilishi shuni ko‘rsatdiki, ko‘pgina iqtisodiy g'oyalar, asosan, yirik aristokratiyaga xizmat qilishga, kuchli davlat barpo etishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Qadimgi Gretsiyada dastlabki iqtisodiy g‘oyalar Gomerning (er. av. X- 33 VIII asr) ilk iqtisodiy g‘oyalar kurtagi bo‘lgan «Iliada» va «Odisseya» poemalarida bayon etilgan. Unda, asosan, natural xo'jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunonshoiri Gesmad (er. av. VIII -VII asr)ning «Mehnat vaqonunlar» asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug‘laydi, bu sohada qullar mehnati ishlatilishi ham m a’qul topiladi. U davrlarda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan edi. Eramizdan awalgi V II-VI asrlarda polinoy (shahar) tizimi shakllandi. Qulchilik keng tus oladi, urug‘chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo‘rlik tez rivojlanadi. Ana shu bosqichda Solop (er. av. 640-559-yil) va Pisistrat (er. av. 560-527-yil ) islohotlari pul xo‘jaligining afzalligini ko‘rsatib berdi. Ular islohotda qulchilikning keng tarqalinishini chegaralash, qulni qarzga berishni tugatish masalalarini bayon qildilar. Bu davrda fuqarolar va fuqaro bo'lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi qo'yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo‘jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi. Qadimgi iqtisodiy ta ’limotlarda grek olimlari Ksenofont, Platon va Aristotellaming о ‘m i va roli, ayniqsa, ahamiyatlidir. Ksenofont (er. av. 430-335-yil) yirik quldorlik sinfivakili, Afinaning badavlat aslzodalaridan hisoblanadi. U Afinada tug‘ilgan bo‘lsa ham demokratik Afina quldorligi tarafdori emas, balki Sparta tuzumi, ya’ni qattiqqo‘l quldorlik tuzum i tarafdori edi. Uning birinchi iqtisodiy asari «Ekonomiya» (ekonomikos-uy qurilishi) bo‘lib, mazmuni (oykonomiya, «oykos»- uy xo‘jalik va «nomos»-qonun, qoida) tom m a’noda uy xo‘jaligi to ‘g‘risida qoidani bildiradi. Keyinchalik, bu asar quldorlik xo‘jaligini boshqarish uchun qo‘llanma boidi. Unda xo‘jalikni unumli yuritish g‘oyasi ilgari surildi, uv xo‘ialiei masalasi fan sifatida o'rganildi. K senofont uy x o ‘jaligini unum li yuritish deganda, asosan, pul jamg'arishni tushunadi. U «Shunday yashash kerakki, doimo ortiqcha mahsuloting bo ‘Isin» deydi. Xo‘jalik foydaligini esa u turli narsalami sotish va sotib olish bilan bog‘laydi, jumladan, nonni, quldorlik plantatsiyalarini va boshqalami sotib foyda ko‘rishni quwatladi. Ksenofontning qarashlarida quldorlik tuzum ida ayirboshlash m unosabatlarining natural shakli evolyutsiyasi o ‘z aksini topdi. K senofont d eh q o n ch ilik va h u n arm an d ch ilik h aqida gapirib, dehqonchilikni «eng asosiy hunar» deb baholaydi. «Ozod insonlar dehqonchilikda boshqarish bilan shug‘ullansin, oddiy mehnatni esa qul bajarishi kerak», - deydi. U «Dehqonchilik insonlarni yaqinlashtiradi, 34 birodarlashtiradi» deyish bilan birga, hunarmandchilikning boshqa turlariga no to ‘g‘ri yondashadi. U ningcha, boshqa hunarlar vaqtni ko‘p olib, insonlarni bir- biridan uzoqlashtiradi. Ksenofont qullar haqida, quldorlar aristokratiyasi vakili sifatida, qullarga «gapiruvchi qurol» sifatida qaraydi. Shu bilan birga, qullarni ishlatishda ikki omil birligini ta ’minlashga da’vat etdi: birinchisi- «qattiq jazolash» bo‘lsa, ikkinchichi-«yaxshi muomala qilish». Mana shu usullardan mehnatning unumdorligini orttirishga uchun ham foydalanishga chaqiradi. Ksenofont m ehnat taqsimoti haqida shunday yozadi: «M ehnatni boshqarishda boshqaruvchidan juda katta e ’tibor talab qilinadi, chunki u kirn yaxshi ishlayapti, kirn dangasa, buni bilishi va yaxshi ishlaganlami rag‘batlantirishi kerak». Shu bilan u birinchilardan bo‘lib jismoniy va aqliy m ehnat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni tushunishga harakat qildi. M ehnat taqsimoti munosabati masalasida u o ‘z zamondoshlaridan yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, kichik shaharlarga nisbatan yirik shaharlarda m ehnat taqsimoti mukammalroq bo‘ladi, deb aytadi. «Chunki,-deydi u, -katta shaharda hunam i mukammal bilmay, uning bir qismini bajarish bilan ham yashash m um kin». M ehn at taqsim oti inso n larn i tu rli mehnatlarga ixtisoslashishga olib keladi. Ksenofont iqtisod fanida birinchilardan bo‘lib moddiy n e’m atlar ikki tomonlama iste’mol qilinishi, ya’ni iste’mol qiymati va almashuv qiymati sifatida tushunishga harakat qiladi. Tovarning ikki tom oni bormi, deya birinchi savol q o ‘ygan ham u edi. Haqiqatda u birinchi bo‘lib bu savolga javob berdi. U narsalami insonlar uchun zarur va zararli guruhga bo‘ldi. Bu fikrni moddiylashtirib u shunday yozadi: yer, hayvonlar va pul, bulardan kimki foydalana olmasa, uning uchun bular qiymatga ega emas. Qiymat shunday narsaki, undan albatta insonlarga foyda kelishi kerak. Ksenofont narsalarda iste’mol qiymati tushunchasini yoritishga harakat qilib, yana oldinga bir qadam bosdi, almashuv qiymatining mohiyatini yoritishga harakat qildi. U aytadi: «Agar senda musiqa asbobi bo‘lsa-yu, lekin sen uni chala olmasang, qiymatga ega emas; agar sen uni sotib yuborsang u qiymatga ega». Bu bilan biz Ksenofontda birinchi bo‘lib iqtisod fanida tovami ikki tom oni, ya’ni uni iste’mol qiymati va qiymati borligi g‘oyasini ko‘ramiz. Ksenofontning pul haqidagi ta’limoti ham umumiy iqtisodiy qarashlari singari ziddiyatli, qarama-qarshiliklardan iboratdir. U um um an pulni tan olgisi kelmaydi, lekin shu vaqtning o ‘zidayoq oltin va kumushni zeb-ziynat ham da boylik orttirish manbayi deb qaraydi. Uningcha, pul 35 vazifasini faqat kumush bajara oladi. U pulnine hamma vazifalarini ikki xil deb tan oldi: pul, bu muomala vositasi va xazina. Sudxo‘rlikni qattiq qoralagan. Ssuda kapitali sifatida puldan foydalanishni tavsiya etadi. Ksenofont iqtisodiy ta ’limotini o ‘rganar ekanmiz, shu narsaga e ’tibor berish kerakki, u natural xo‘jalik tarafdori b o ‘lsa ham tovar-pul munosabatlarini o ‘rganishga va quldorlar sinfiga xizmat qildirishga urindi. Platon (er. av. 427-347-yil ) ham Afina shahrida tug‘ilgan yirik aristokratiya vakili edi. U buyuk Suqrotning shogirdi edi. U nda biz tugallangan iqtisodiy ta ’lim otni topa olmasak ham davlat tuzilishi to ‘g ‘risidagi ju d a qiziqarli ta ’lim otga egamiz. U davlatning (yoki jamiyatning) ikki sxemasini taklif qiladi va ulam i o ‘zida aks ettirgan ikki asar yaratdi. Bular «Davlat» va «Qonunlar» deb ataladi. Uning sxemasida, birinchisi davlat qurilishining ideal loyihasi (ideal davlat) bo'lsa, ikkinchisi esa u yashab turgan davrdagi davlat aks ettirilgan edi. U ideal davlat haqida yozib, bu davlat mehnat taqsimoti asosida tuziladi, ya’ni insonlar qobiliyatiga qarab, biri boshqaruvchi, biri bog'lovchi, ish yurituvchi va yana biri esa dehqon va hunarmandlarga bo‘linadi deydi. Mana shunga asosan Platon davlatning ozod aholisini uch guruhga bo'ladi: 1. Faylasuflar. 2. Jangchilar. 3. Hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar esa davlatni himoya qiladilar, uchinchi guruhdagilar xo‘jalik faoliyati bilan shug'ullanadilar. Birinchi va ikkinchi guruh vakillari xususiy mulkka ega bo‘lmasliklari kerak. Ulaming iste’moli davlat tomonidan to‘la ta’minlanadi. Uchinchi guruh vakillari esa xususiy mulkka ega bo'ladilar. U qullami hech qaysi guruhga kiritmaydi, Ularga qurol sifatida qaraydi. Bu ideal davlat to‘g‘risida ta’limotga, asosan, yirik aristokratik quldorlikni himoya qilib yozilgan asar edi. Platon ikkinchi davlat to ‘g‘risida quyidagicha yozadi. Bu davlatda asosiy e’tibor dehqonchilikka berilsa ham qolgan hunarlaiga ham e’tibor beriladi. Bu davlatda qonun yo'li bilan insonlarni mol-mulkiga qarab 4 guruhga bo‘linadi; agar kim da-kim boyib ketsa yoki kambag‘allashsa bir toifadan boshqasiga o ‘tadi. Lekin bu yerda Platon yana bir qadam oldinga o ‘tib, qonunlar insonlarni o ‘ta boyib ketishiga ham, juda kambag'allashib ketishiga yo‘l qo'ymasligi kerak deb m a’lum mezon belgilaydi. Kambag‘allikning quyi nuqtasi aniqlanib, insonlarni himoyalashga chaqiradi. Boyib ketishning ham oldi olinib, eng yuqori mezon o'lchanib uni 4 ga 36 ko'paytirib shundan ortib ketmasligi kerak deyiladi. Bulami kim buzsa, qonun yo‘li bilan davlat jazolashi kerak. Bu ikkala davlat sxemasida ham Platon m ehnat taqsimotini asos qilib oladi. Bu- o'sha davr uchun buyuk fikr edi. Platon savdo va pul haqida, turli hunarlar to ‘g‘risida mulohaza yuritib, asosiy o'ringa dehqonchilikni qo'yadi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling