Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Qadimgi Rim iqtisodiy qarashlari
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
5. Qadimgi Rim iqtisodiy qarashlari
Qadimgi quldorlik davrining iqtisodiy ta’limotlari tizimida Qadimgi Rimning iqtisodiy ta ’limoti ham muhim o ‘rin tutadi. Rim imperiyasining taraqqiyoti va parokandahkka uchrashi, quldorlik ekspluatatsiyasining inqirozi bilan bevosita bog'liq. Qadimgi Rimning iqtisodiy ta ’limotlarida agrar masala asosiy o ‘rinni egallagani uchun ham uning eng yirik nomayandalari Katon, Varron va Kolumellar qarashlarida ham agrar muammolar bosh masalalardir. Katon Mark Porsiy (234-149) Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi edi. U «Dehqonchilik» nomli asar yozib, unda 0 ‘z davrining iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi holatini aks ettiigan edi. U ham barcha xo'jalik hunarlaridan dehqonchilikni eng yuqoriga qo‘yadi. U ideal dehqonchilik tarafdori b6‘lib, qullar mehnatidan juda ham unumli foydalanishga chaqiradi. Uningcha, buning uchun ish yurituvchi har bir qulni bekor turmasligini ta ’minlashi kerak va kerak b o ‘lsa, harakatchan, chaqqonlami mukofatlashi mumkin. U ish yurituvchi ustidan ham yer egasining to ‘la nazorati kerakligini ta’kidlaydi. Bu asarda Katon birinchilardan bo'lib ijara munosabatlarini ilgari surgan. U ijaraga yer olinganda ijarachi tom onidan hosilning yarimgacha olinishini ta ’kidlaydi. Shu bilan birga, u yerni qay vaqtda va qanday shartnomalar asosida ijaraga berish haqida maslahatlar beradi. Umuman, bu asar Italiyada er. av. II asrda qanday holatda dehqonchilik yuritilganligi haqida birinchi yozma m a’lumotlami beradi. Varron M ark Tereniy- (116-27) Rimning ko'zga ko'ringan olimi va yozuvchisi edi. U o‘zining «Qishloq xo‘ialigi haqida» nomli asarida Katonga nisbatan iqtisodiy ta ’limotda yana bir qadam oldinga bosdi, u qishloq xo‘jaligini yanada intensivlashtirish ham da ko‘proq darom ad olish maqsadida tovar-pul munosabatlaridan ham foydalanishni tavsiya etadi. U qishloq xo‘jaligidan ko‘proq foyda olish uchun ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil qilishga chaqiradi. Buning uchun: qishloqdan tovarni chekka o ‘lkalarga olib borib sotib, chetdan bu yerda yo‘q mahsulotlami olib 37 kirish kerak, shuningdek, ko‘proq darom ad olish uchun dehqonlar bozor bahosini o'zgarishini, albatta, hisobga olishlari zarur, deb ta’kidlaydi. U dehqonchilik bilan birga daromadli soha deb, chorvachilikni ham, tavsiya qiladi. Qullarga u «gapiradigan qurollar» deb qaraydi. U Katondan farq qilib, qullarni ishlatuvchi, boshqaruvchining o ‘zi qul bo'lmasligi, aqlli va m a’lum bilimga ega odam bo‘lishi kerakligini aytadi. Yana u qulni ham, boshqaruvchini ham moddiy rag‘batlantirishni taklif etadi. Agar Katon qullarni qattiq ekspluatatsiya qilish tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Varron xo'jalikni intensivlashtixish tarafdori sifatida maydonga keldi. Bu esa qullaming Italiyadagi quldorlik tuzumiga qarshi yirik harakatlarining ta’siri edi. Kolumella Lushiy Moderat - Rimning ko‘zga ko‘ringan agronom olimi edi. U o‘zining «Qishloq xo‘ialigi haaida» asarida krizisga uchragan Rim quldorlik davlatining xo‘jalik holatini aks ettirishga urinadi. U qishloq ho'jaligida unumdorlikni pasayib borishini tabiiy deb ta’kidlashlarini tanqid qilib, uning bosh sababi dehqonchilikda xo‘jalik yuritishni bilmaslikda, deb ta’kidlaydi. Uningcha, yerlar «jazolash» uchun «yomon qullarga» berib qo'yilgan degan fikrni ilgari surgan. Yuik quldorlik xo‘jaliklari o‘rniga uncha katta bo'lmagan unumli xo‘jalik yuritish tarafdori edi. U qullaming mehnat unumdorligini orttirishga chaqiradi. U mahsulotlardan shaxsiy iste’mol uchun foydalanishdan ko‘ra sotish uchun ishlab chiqarishga chaqiradi. U o'zidan oldingi olimlardan farq qilib, qullardan foydalanishda m ehnat taqsimoti va rag‘batlantirishdan foydalanishni ham targ‘ib qildi. Uning ta ’limotida Katon va Varronlardan yana bir farq qiluvchi mulohaza bo‘lib, bu ham b o ‘lsa, yer egalari bilan ozod bo‘lgan insonlar o ‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini tahlil qilishga qaratilgan harakatdir. Kolumellaning iqtisodiy qarashlarida Italiyada eramizning birinchi asrlarida quldorlik tuzumining inqirozi yaqqol ko‘rinmas edi. Bulardan keyin Rim olimlari qarashlarida erkin insonlar mehnatini ko'proq targ‘ib qilinishi va quldorlik tuzumini himoya qilishni juda qiyinlashib borishini ko'rishimiz mumkin. Qadimgi dunyoning iqtisodiy ta ’limoti tarixi bilan tanishib, quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin: - bu davr olimlari qarashlarida quldorlik tuzumi himoyachilarining qiyofalari mavjud; - bu ta ’limotdan tovar-pul munosabatlarini kishilik jamiyatida juda qadimdan qo‘llanilganligini bilib olamiz; - bu davr olimlarining ilmiy iqtisodiy, o ‘ziga xos fikrlari hozirgi zamon iqtisodiy ta ’limot va fanining asosi bo‘lganligi ko‘rinib turibdi. 38 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling