Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Konftitsiy ta’limoti- bu ta’limot Xitoyda (er. av. ming yillik) da vujudga 
kelgan. Ta’limot asoschisi Konfutsiy yoki Kun-szidir. Bu ta ’limot «Lun-
39


yuy» nomli to'plam da («Suhbat va muhokama») bayon etiladi. Asarda 
ulug'zodalik, aslzodalik, zadogonlik pozitsiyasi himoya qilinadi: bu 
ta ’limot quldorlik tuzumini himoya qilib, «tabiiy huquq» qoidasini ilgari 
suradi. «Tabiiy huquq» ta’limotining mazmuni shuki, butun olamni Xudo 
yaratadi, biroq и ijtimoiy hayotga aralashmaydi, odamlar hayoti tabiiy 
qonunlar bilan rivojlanadi, tabiiy qonunlarni aql bilan idrok etib olinadi 
va fuqarolik hayoti ana shu qonunlar asosida himoya qilinadi. Asar markazida 
podshohni, qariyalarni, amaldorlarni cheksiz hurm at qilish, ularga itoat 
etish, boyliklami tekis taqsimlash, barchaning o‘z vazifalarini sidqidildan 
bajarishi, qishloq xo'jalik ishlarini yaxshi bajarish, soliqlarni to ‘lab borish 
kabi qoidalar ilgari surilgan. Ushbu ta’limot bo'yicha jamiyatdagi mulklar 
ikki turga bo'linadi: «buyuk jam oa mulki»-dehqonlar jamoasi mulki va 
xususiy mulk, quldorlar mulki. Bu ta ’limot Xitoyda uzoq yillar amal 
qildi va hozir ham uning asoratlari saqlangan.
Legistlar- konfutsiychilik ta’limotiga muholifat sifatida chiqqan iqtisodiy 
ta’limot. Legistlarning yirik vakili Sham Yan bo‘lib (er. av. IV asr), uning 
ta’limoti «Sham viloyati hukmdori» kitobida bayon etilgan. Asarda qishloq 
xo'jaligiga, xususan, g‘allachilikka ustuvorlik berilib, g‘alla masalasi bosh 
masala deyiladi. Kitobda davlatning rivojlanishi ikki manbaga suyanadi: 
don ishlab chiqarish va urushlar olib borish (yangi yerlar bosib olish), 
unda don miqdoriga bog‘liq holda soliq tizimi taklif etilgan; ishyoqmas, 
qonunni buzuvchi kishilarni «yerga qaytarish», dehqonchilik bilan 
shug'ullanishga majbur etish tavsiya etilgan.
Daotsizm- konfutsiychilik ta’limotiga qarama-qarshi bo‘lgan reaksionroq 
iqtisodiy ta ’limot. Unga ko‘ra, insoniyat ibtidoiy davrga qaytishi, yangi 
m ehnat qurollaridan foydalanmasligi, oddiy hayot kechirishi, qonunlarni 
ko'paytirmaslik lozim. Aslida bu ta’limot Xitoyda konfutsiychilikdan qaytish 
edi.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling