Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
«Qur’oni karim»ning iqtisodiy qadriyatlari
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat-hayot va oxirat kafolati.
1. «Qur’oni karim»ning iqtisodiy qadriyatlari
Islomning asosiy manbayi-«Qur’oni karim»dir. Uning har bir oyati bandalami poklikka, iymonga chorlaydi. Uning 293 ta oyati bevosita iqtisodiy tafakkurga bag'ishlangan. Boshqa juda ko‘p oyatlarda ham qisman iqtisodiyotga oid fikrlar berilgan. «Qur’oni karim» insonlarni halol mehnat qilishga, tejamli bo‘lishga, mehru shafqatga, halollikka undaydi. Mehnat-hayot va oxirat kafolati. Hayot shunday ne’matki, u insonga faqat bir m arta beriladi. Demak, uni shunday o'tkazish kerakki, u odamlarga bu dunyoda baxt-saodat keltirsin, oxiratda hisob-kitobni oson qilsin. Buning uchun odam hayot vaqtida umrini bem a’ni o'tkazmay, yaxshi amallarga sarflashi kerak. Halol m ehnat qilish bu dunyo va u dunyoda baxt-saodatni kafolatlay- digan amaldir. Zero, «Qur’oni Karim»ning bir qancha oyatlarida mehnat har tom onlam a ulug‘langan, u zarur ibodat ekanligi ta ’kidlangan. Parvardigori olam odamzodni yaratish bilan unga nafsni berib qo‘ydi. Odamlar yashash uchun iste’mol qilishlari, oziq-ovqat yeyishlari, kiyim- kechak kiyishlari, m a’lum turar-joy sharoitlariga ega bo'lishlari kerak. Odamlar uchun kerak bo‘lgan bu iste’mol buyumlari tabiatda tayyor holda mavjud bo‘lmaydi. Alloh taolo moddiy n e’matlarning manbalarini bunyod etdi va ularni iste’mol uchun kerak bo‘lgan narsalarga aylantira olish uchun odamlarga kuch-quw at, aql-idrok berdi. Aql-idrokni ishga solib, kasb-kom i egallab, Alloh yaratgan imkoniyatlardan o ‘z rizqini terib yeyishni insonlar zimmasiga yukladi. «Qur’oni Karim»ning bir qancha oyatlarida o ‘z mehnati bilan Parvar- digor yaratib qo‘ygan rizqini terib yeyish zarurligiga da’vat qilingan. «Taborak» (Mulk) surasining 15-oyatida shunday deyiladi: M a’nosi, «U (Alloh) sizlar uchun Yerni xokisor-bo ysinguvchi qilib qo “ ygan zotdir. Bas, и (Yer)ning har tomonida yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro ‘zidan yenglar. Yolg'iz uning huzuriga tirilib chiqish-qaytish bordir». Ulamolarimiz ushbu oyati karimaning tafsirini islomda mehnatga chorlashga dalil qilib keltiradilar. Darhaqiqat, Alloh taolo Yerni yaratib, uni insonga bo'ysundirib qo'yish bilan birga, insonlarga bu ulug‘ ne’matdan unumli foydalanish uchun dangasalik, ishyoqmaslik qilmasdan, kasb- komi puxta egallab, rizqni undirib yeyishga undagan. Bu yerda gap bag'oyat ulug‘ n e’m at-yer to ‘g‘risida ketsa ham, uni keng m a’noda Alloh taolo barcha imkoniyatlar to‘g‘risida aytmoqda, deb tushunilsa o‘rinliroq bo‘ladi. M ana shunday Alloh yaratgan imkoniyatlar v"1 ulardan aql-idrok bilan 43 kasb-korni egallab, o ‘z rizqini terib yeyishlari bandalarning burchlari ekanligi to‘g‘risidagi da’vatni biz «Qur’oni karim»ning «Baqara» surasining 3, 22, 25, 33, 57, «Nahl» surasining 11, 12, 114, «Qasos» surasining 76, 77, «Ankabut» surasining 17, 62, «Sajda» surasining 27, «Yosin» surasining 34, 35, «Va-ssaffot»surasining 41-44, «Sod» surasining 50 51, «Zumar» surasining 21-oyatlarida ham ko‘ramiz. Alloh taolo o ‘z kalomida bandalarini o ‘zi bergan ne’matlariga shukur qilib, toat-ibodat qilishga, bu n e’matlardan to ‘g‘ri foydalanishga chaqiradi. Allohga iymon keltirish, undan qo‘rqish insonni yaxshi, xayrli ishlarga yo‘naltiradi. U iqtisodga adolat, omonat, halollik m a’nolarini berib, ochko‘zlik, harom va adolatsizUklardan chetlatadi. D em ak, iymonli odam dangasalik, ishyoqmaslik qilmasdan, g‘ayratli bo'lishi, biror kasb-hunam i egallab, halol m ehnat qiJishi kerak. Insonning mehnati, sa’y-harakati faqat dunyo n e’matlaridan ko‘proq bahram and b o ‘lishi uchungina emas, balki oxiratdagi hisob-kitob uchun zarurdir. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytadilarki, «Alloh taolo o ‘z bandalari ichida g ‘ayratlisini yoqtiradi». Hadisi shariflardan birida: «Ey Parvardigor, men sendan, g ‘am-tashvishdan, xafalikdan, ojizlikdan, dangasalikdan, baxillikdan, q o ‘rqoqlikdan, qarzdorlikdan va xorlikdan panoh tilayman\» deyilgan. Insoniyat bosib o‘tgan uzundan-uzoq yo‘l mehnat jarayonidan iboratdir. Shu boisdan kishilar m ehnatni qadrlashlari, ulug‘lashlari, yoshlarni m ehnatsevarlik ruhida tarbiyalashlari kerak. Zero, Payg‘ambarimiz M uham m ad sallallohu alayhi vasallam o ‘z hadislaridan birida: «Odam- laming уaxshisi odamlarga manfaat keltirganlaridir», deb bejiz aytmaganlar. «Qur’oni karim»da ham bu borada alohida ta’kidlanadi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling