Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
Islomda mulk masalasi. Iqtisodiyot nazariyasida m ulk, mulkiy
munosabatlar masalasi asosiy o ‘rin egallaydi. Zero, har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosini mulkchilik tashkil etadi. Mulkchilik — kishilar o ‘rtasida ishlab chiqarish vositalari va m ehnat mahsulini o ‘zlashtirish yuzasidan paydo bo‘lgan va tarixiy aniq bir shaklda nam oyon b o ‘luvchi iqtisodiy m unosabatdir. Mulk egasi b o ‘lish va b o ‘lmasligiga qarab kishilaming jamiyatdagi mavqyi, ulaming ijtimoiy maqomi yuzaga keladi. Islomda mulk tushunchasi, uning mohiyati, odamlar qo‘lidagi boylik — bu Allohning boyligi, odamlar-esa faqat uning yerdagi boshqaruvchilari ekanligini tan olishdan iborat. Ijtimoiy m anfaatlar o ‘rtasidagi kelishuv, uning asosini mulk-sarmoya tashkil etadi. Islom shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatga zarar keltirsa, un| (shaxsiy manfaatni) m a’qullamaydi. Shuning uchun ham ulaming kelishuvini yoqlaydi. Sarmoya ijtimoiy vazifani bajarishi, iqtisodiyot va jamiyatga foyda keltirishi uchun doimo harakatda (oborotda) bo‘lishi kerak. Xususiy va ijtimoiy mulk m a’lum ijtimoiy manfaatlarga xizmat qiladi. Xususiy mulkning har qanday shakli jamiyat tom onidan nazorat qilinishi va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi ham kerak. Demak, islom dinida xusilsiy mulk ijtimoiy vazifani bajaradi. Ijtimoiy boylik—jamiyat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tabiiy boylik- lardir. Bu boyliklardan jamiyatning barcha a’zolari foydalanishlari mumkin, lekin ularga tanho hukmronlik qilish va g'arazli maqsadda foydalanish qatliyan taqiqlanadi. «Qur’oni karim»ning bir qancha oyatlarida birovning haqiga xiyonat qilish qoralanadi. «Baqara» surasining 188-oyatida «Mol- dunyolaringizni oralaringizda nohaq — harom yo‘llar bilan yemangiz, ya’iii bir-biringizning haqqingizni yemang. Va (gunoh qilayotganingizni) bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini harom yo‘l bilan yeyish uchun mollaringizni pora qilib hokimlarga uzatmang», deyilgan. Bu oyati karimada Alloh musulmonlarga bir-birining molini botil — harom yo‘l bilan yemoqdan qaytarmoqda. Shariat qonunlari to ‘g‘risidagi «Muxtasar» nomli kitobda musulmon- chilikda mulkiy munosabatlar qanday bo‘lishi kerakligi batafsil bayon etilgan. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling