Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Ksenofond (er. av. 430-335-yil ). Qadimgi yunon olimi
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV bob. ISLOM DINI IQTISODIY QADRIYATLARI
Ksenofond (er. av. 430-335-yil ). Qadimgi yunon olimi. U qullikni
qo‘llab-quw atlagan, dehqonchilikni barcha san’atlar onasi, boquvchisi deb baholagan. Uning iqtisodiy g‘oyalari «Ekonomiya» asarida bayon etilgan. U uy xo‘jaligi masalasini fan sifatida o'rganishi kerak deb, uy xo'jaligini unumli yuritishga da’vat etgan. Mehnat taqsimoti masalasida boshqaruvchiga katta o ‘rin ajratgan. U iqtisodchilar ichida tovar haqida birinchi fikr yuritganlardan bo‘lib, tovarning ikki jihati borligini bildirgan. U lam i odamlarga zarur va zararli bo‘laklarga ajratgan. U pulni tan olmaydi, oltin va kumushni zeb-ziynat deb baholaydi. Platon- (er. av. 427-347-yil)- yirik yunon olimi. U «Davlat va qonunlar» 40 asari bilan mashhur. U jamiyatni uch guruhga b o ‘lgan, qullarni ishlab chiqarish quroli deb hisoblaydi, natural xo'jalik yuritishni afzal deb biladi. U «ideal davlat» g‘oyasini ilgari surgan, unga ko‘ra odamlar o ‘z qobiliyatlariga ko‘ra turli m ehnat faoliyatlarini tanlaydilar. Jamiyatni faylasuflar boshqaradi, jangchilar himoya qiladi, hunarm and, dehqon va savdogarlar xo‘jalik bilan shug‘ullanishlari lozimligini uqtirgan. Katon — (er. av. 234-149-yil) -Qadimgi Rim olimi. U «Dehqonchilik to ‘g‘risida» nomli asari bilan mashhur bo‘lgan. Bu asarda qishloq xo‘jaligiga ko‘proq e’tibor berishga da’vat etadi, ko‘proq sotish va kamroq sotib olish tarafdori edi. U qullarni oqilona ishlatish, yaxshi ishlagan qullarni sharoitini yaxshilash, unumsiz ishlaganlarini esa qattiq jazolashni tavsiya etgan. U yer ijarasi haqidagi g‘oyani ilgari surgan dastlabki olimlardan edi. IV bob. ISLOM DINI IQTISODIY QADRIYATLARI M amlakatimiz erishgan ulug‘ n e’mat-mustaqillik tufayli xalqimiz o‘zining muqaddas dini bo‘lmish islom m a’naviyatiga erishdi, unga emin- erkin e’tiqod qilish, uni o'rganish va undagi buyuk insonparvar ilohiy g'oyalarni qalblarga joylab, m a’naviy poklanish imkoniyatiga sazovor bo'ldi. Bugungi kunda bu ulug‘ dinimiz milliy mafkuramizning m a’naviy- diniy ildizi sifatida inson ongi va ruhiyatini poklash, ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu fikrga intilish, ilm va hunar egallash orqali halol yashash va ishlash, o ‘z muqaddas Vatani ravnaqi uchun fidoiy bo‘lish vositasiga aylandi. Vatanimiz taraqqiyotining hozirgi g‘oyat murakkab bosqichida ota- bobolarimiz dinning mohiyatini, uning muqaddas kitoblaridagi, Payg‘am- barimiz M uham m ad Mustafo sallallohu alayhivassalam hadislaridagi g‘oyalami, xususan, iqtisodiy fikrlarni yoshlarimiz ongiga yetkazish juda dolzarb vazifalardandir. Prezidentimiz I. Karimov uqtirib kelayotganidek, dinimiz xalqimiz m a’naviyatining yuksalishiga doimo munosib hissa qo‘shib kelgan va bundan buyon ham ana shunday m anba b o ‘lib, milliy mafkuramizni shakllantirish va singdirib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Biz, -deb yozadi Islom Karimov о ‘zitiing mashhur asarlaridan birida, - musulmonchilikning ulug‘ madaniy qadriyatlari huquqini qayta tikladik. Binobarin, qalbimiz bu bebaho xazinani chuqurroq idrok qila borgani sayin, xalqning hayoti та ’naviy jihatdan boyroq va axloqiy jihatdan pokizaroq bo ‘la beradi». Iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlari va usullarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, islom dini moddiy ne’matlam i ishlab chiqarishda va ulami iste’mol qilishda, odamlarning iym on-e’tiqodiga katta ta ’sir etib kelgan. «K o‘hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, uni har doim odamlami о ‘z-o ‘zini idora etishga, yaxshi xislatlami ко ‘paytirib, yomonlaridan xalos bo'lishga chorlagan. Har bir alohida insonga, oila, jamoa, mintaqa, bir so ‘z bilan aytganda, umumxalqqa rahnamo bo Igan. Uni og'irsinovlarga bardosh berishga, yorug‘kunlarga intilib yashashga da ’vat qilgan, ishontirgan. Bunday d a ’vat, o ‘z navbatida, odamlarga kuch-quw at bag'ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehru oqibatini oshirgan1». Diniy ta’limot tarkibida iqtisodiy tafakkuming o ‘m i katta. Bu tafakkur islomning muqaddas kitoblarida targ‘ib qilinib kelindi. 1 I. Karimov. O 'zb ek isto n iqtisodiy islohatiam i chuqurlashtirish yo'lida, Т., 1995, 151 — 42 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling