Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

deyd ilarJ>>, 
— deb 
yozadi.
4. Zahiriddin Muhammad Boburning iqtisodiy g‘oyalari
Bobur o‘z qisqa hayoti davomida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy- 
ma’rifiy hayotning juda ko‘p muammolariga yechim topishga harakat qildi. 
Uning ilmiy dunyoqarashi mashhur «Boburnoma» asarida bayon etildi. 
Bu asar o'zining har jih a td an m ukam m alligi, turli sohalarga oid 
tadqiqotlarning mahsuli ekanligi, juda ko‘p fanlarga oid bebaho material- 
larga boyligi bilan ilmiy jamoatchilikning hayrat va tahsiniga sazovor bo‘ldi, 
shu bilan birga, tariximizni bilish, o'zligimizni anglash uchun bebaho 
manba sifatida ham ahamiyatlidir. U nda adabiyotshunoslik, manbashu- 
noslik, jug‘rofiya, tilshunoslikka oid hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotga oid 
g‘oyalar va qarashlar mujassamlashgan. Bu asarni mutolaa qilar ekanmiz, 
undan mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘y berayotgan o'zgarishlami 
tahlil qilish, ulardan xulosalar qilish va qilayotgan ishlarimizda foydalanish 
uchun fikrlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslariga 
(ishlab chiqarish, uning insoniyat hayotidagi ahamiyati) oid, savdo va 
tijoratga borlik ilmiy qarashlar bizni to ‘lqinlantiradi.
«Boburnoma» uzoq yillar «Buyuk ipak yo‘li» bo‘ylab qilingan sayohat 
va kuzatishlar tasviri berilgan asardir. Bu yo‘ldan qancha-qancha 
savdogarlar, tojirlar (tijoratchilar, do‘kondorlar) o ‘z mollarini dunyoning 
turli mintaqalari va mamlakatlariga yetkazib berganlar. Ular o‘z ishlari 
bilan savdo — iqtisodiy faoliyatnigina emas, ayni chog‘da, xalqlar o'rtasida 
do‘stlik, tinchlik va o ‘zaro manfaatdorlik rishtalarini ham bog'laganlar. 
M a’lumotlarga qaraganda, hatto urushlar, o ‘zaro kelishmovchiliklar hukm 
surayotgan davrlarda ham savdogar-tijoratchilarning mol-mulkini talash, 
bosqinchilik qilish, ziyon yetkazish qattiq qoralangan. Agar moziyga nazar 
solinsa, o ‘sha davrlarda davlatlar, xonlar, podshohlar urush-janjallari, 
asosan, qulay savdo yo‘llari, bozorlari, dunyo bozorlariga chiqish maqsad- 
larida olib borilgan. Buyuk Amir Tem ur va uning munosib vorisi bo‘lgan
1 O 'sha asar, 69 —bet.
73


Bobur ham mamlakatlar, xalqlar o ‘rtasida halol savdo-sotiq hamkorlik
tinchlik, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun kurashganlar.
«Boburnoma»da asar muallifining o ‘zi tug'ilib o ‘sgan yurt, Vatani, 
uning tabiiy, iqtisodiy, m a’naviy resurslari, ajoyib mehnatkash, yaratuvchi 
xaiqi to‘g‘risida to‘lqinlanib yozgan satrlarini hayajonsiz o‘qish qiyin. Mana 
uning jonajon Andijoni haqidagi fikri: «... Farg‘ona viloyatining poytaxtidur. 
Oshligi vofur, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lar. Qovun 
mahalida poliz boshida qovun sotmoq, rasm em as...1»; Qobul haqida: 
«Hindiston bila Xurosonga vosita bu viloyatdur. Biser yaxshi savodxondir. 
Savdogarlar Xitoyga va Rumga borsalar, ushmuncha — o‘q savdo qi]g‘aylar... 
Quyi Hindistondir, o ‘n -o ‘n besh-yigirma ming uyluq, karvon Qobulga 
kelur... Xuroson va Iraq, Rum va Chin matoi Qobulda topilur... Nayshakami 
kelturub, ekturub edim. Chilg‘o ‘zani Nijrovdin keltururlar2». Yoki 
Samarqand to ‘g‘risida shunday yozadi: «Samarqand shahri ajab orasta 
shahardur, bu shaharda bir xususiyat borkim, o ‘zga kam shaharda andoq 
bo‘lg‘ay. H ar xirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut 
emastur, tovar rasmedur. Xo‘p nonvoliqlari va oshpazliklari bordur. Olamda 
yaxshi qog‘oz Sam arqanddan chiqar. Juvozi qog'ozlar suyi tom om
Konigildin keladur...3»
Yuqoridagi fikrlaming ahamiyatli tomoni shundaki, birinchidan, ularda 
iqtisodiy fikrlar, qarashlar ifodalangan b o ‘lsa, ikkinchidan, ularda 
Boburning yaratuvchilik, ishlab chiqarishga qiziqishlari bayon etilgandir. 
Moddiy ne’matlaming uzoq-uzoqlarga yetib borishi va m ashhur bo‘lib 
ketishi o ‘sha davr iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining natijasi bo‘lsa, boshqa 
tom ondan, ular savdogarlarning olijanob xizmatlari tufaylidir. «Bobur- 
noma»da bir yurt mollarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi
aholi ehtiyojlarining qondirilishi va ulaming ahamiyati maroq bilan hikoya 
qilinadi.
Bobur savdo-sotiqning xalqlar o ‘rtasidagi bebaho ahamiyatini juda 
chuqur tushunar edi. Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‘llarda 
talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga 
shaxsan o ‘zi ham qat’iy qarshi chiqadi. Bunga misol qilib quyidagi so‘zlami 
keltirish mumkin: «Kalotga yetganda, qalin Hinduston savdogarikim, 
Kabotga savdo qilgali kelgan ekandurlar, qocha olmadilar, cherik eli alar 
ustiga — o‘q yetib bordi. Aksar birin bo‘ldilarkim shundoq yog‘iylik mahalida
1 Zahriddin M uhammad Bobur. Boburnoma, Т., 1989, 5—6 —betlar
2
O'sha asar, 117 —118 —betlar.
’ О ‘sha asar, 46 — bet.
74


yog‘iy viloyatiga kelatug‘onlarni talamoq kerak, men rozi bo‘lmadim, 
savdogarlarning ne gunohi bor...1 ».
O'zgalar mulkiga hiyonat qilmaslik, ularning mulkini muqaddas bilish, 
el-yurt farovonligi yo‘lida tinib-tinchimay ishlayotgan odamlami qadrlash, 
ulami himoya qilish kabi umumbashariy qadriyatlar Boburga bobosi Amir 
Temurdan meros b o ‘lib kelgan. Otasining ana shunday olijanob xislatini 
eslab quyidagilarni yozgan edi: «Adolatla shu martabada edikim, Xitoy 
karvoni kelaturg‘onda, Andijonning sharqiy tarafidagi tog‘laming tubida 
ming uylik karvonni qor bostikim, ikki kishi kuturdi. Xabar topib 
muxassillar yiborib, karvonning jam i’ jihotini zabt qildi. Har chandonkim, 
vorisi hozir yo‘q edi, bovujudi ehtiyot saqlab, bir-ikki yildan so‘ngra 
Samarqand va Xurosondan vorislarini tilab kelturib, mollarini solim 
topshirdi2».
Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o ‘rganish, uning iqtisodiyotga oid 
qarashlarini tadqiq etish navbatdagi dolzarb vazifalardan biridir. Biz 
yuqorida keltirgan fikrlar ushbu ezgu ishdagi dastlabki harakat mahsulidir.
«Qur’oni karim» va islom shariati qoidalari asosida soliq haqida ta’limot— 
Islomdagi farzlardan biri — zakotdir. U soliq m a’nosida qo‘llaniladi. Zakot 
pul va savdo yig'imi turlarida to ‘langan. Bobur g‘oyat adolatli, insonparvar 
inson bo‘lganligidan uning soliq haqidagi qarashlari ham umuminsoniyat 
qadriyatlarini aks ettirgan. U soliqni hisoblash uchun soliq mavzusining 
«hisobi»ni hisoblash, ya’ni mol-mulkning soliq solishga layoqatli miqdorini 
aniqlash zarur, deb bilgan. Soliq hosilga, ya’ni olinayotgan daromadga 
qarab belgilangan.
Bobur iqtisodiy ta’limotida «xiroj», ya’ni yer solig‘i masalasi alohida 
o ‘rin tutadi. U yer solig‘ini ikki toifaga bo‘ladi, ya’ni «muqassam va 
muvazzar». Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga borliq bo‘lgan, ya’ni 
hosilning 1/3 dan 1/2 gacha miqdorda belgilangan; ikkinchisi, ekilayotgan 
yer maydoniga bog‘liq qilib qo‘yilgan. Sug‘oriladigan yerlarga belgilanadigan 
soliq miqdori ham alohida hisoblangan. Suv solig‘i hosilning 1/10 ning 
yarmi miqdorida tayinlangan. Shu bilan birga, chorva hayvonlariga ham 
ularning turlari va soniga qarab tabaqalashtirilgan tarzda soliq belgilangan. 
Masalan, 40 ta qo'ydan bittasi, 120 ta qo‘ydan ikkitasi, 201 ta qo‘ydan 
uchtasi, qo‘ylar soni 400 tadan ortgan taqdirda har 100 tasidan bittadan 
qo‘y zakot (soliq) sifatida to ‘lashi farz qilingan.
Feodalizm davri iqtisodiyotida savdoning ahamiyati, uning iqtiso-
1 O'sha asar, 187 —bet
2 O 'sha asar, 10 —bet
75


diyotdagi salm og‘i yuqori ekanligi m a’lum. Bobur savdogarlarning 
mamlakat hayotidagi o ‘m ini yaxshi tushunganligi tufayli ular daro- 
madidan ham soliq to ‘lashning alohida (o‘ziga xos) tartibini taklif etgan. 
Masalan, savdogarlarning savdo yig‘imining har 20 misqoli — oltindan 
bir misqoli savdo yig‘imi tarzida olingan. Ahamiyatli tomoni shundaki, 
birinchidan, soliq hissasi savdodagi olinadigan daromad hissasiga nisbatan 
kamayib borilishi ko‘rsatilgan, bu esa savdogarlami rag‘batlantiruvchi 
vositaga aylangan; ikkinchidan, agar savdogarlar Islom mamlakatlaridan 
kelgan bo‘lsa, daromadning 1/20 qismi miqdorida soliq belgilangan. Yana 
shu qoida biriktirilib qo‘yilganki, musulmon savdogarlardan olingan soliq, 
ulaming o ‘z mamlakatlaridagi soliq miqdori darajasida bo‘lishi ko‘zda 
tutilgan.
Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar musulmon mamlakat- 
larda qo‘llanilgan. Bu esa Bobur iqtisodiy tafakkur olami juda uzoqni 
ko‘zlovchi ilmiy asoslarga suyanganidan dalolat beradi. Bunday salohiyat 
uning vorislari, hamyurtlari qalbida unga nisbatan yanada chuqur hurmat 
va faxrlanish hissini tuydiradi.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling