Legirlangan polat va choyanlar, qollanilish sohalari


Download 1.09 Mb.
Sana30.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1310319
Bog'liq
Korroziya 1


Legirlangan polat va choyanlar, qollanilish sohalari.
Reja;
1 Legirlangan po’lat
2 Legirlangan chòyan
3 sohalarda qòlanilishi
Legirlash (nem. Legieren — eritmoq) — metall qotishmalarga, maʼlum kimyoviy tarkibga, strukturaga va ke-rakli xossaga ega boʻlgan krtishmalar olishga imkon beruvchi legirlovchi elementlar (xrom, nikel, molibden va boshqalar) qoʻshish. Odatda, suyuq holatdagi, kamdan-kam qattiq holatdagi metall qotishmalar legirlanadi. L. yoʻli bilan qotishmalarning mustahkamligi va plastikligi oʻzgartiriladi, yeyilishga va korroziyaga chidamliligi, issiqbardoshligi, magnit xossalari va boshqa oshiriladi. L.ning hajm va yuza boʻyicha L., kompleks L. (qattiq jism sirtini ionlar bilan bombardimon qilib, shu jism ichiga atomlar kiritish) xillari ham bor.
1
Legirlangan poʻlat - tarkibiga maʼlum xossa beradigan legirlovchi elementlar (xrom, nikel, molibden, volfram, vanadiy, marganets, kremniy, titan, bor) sunʼiy ravishda qoʻshilgan poʻlat. L, p. tarkibidagi legirlovchi elementlarga qarab nomlanadi. Mikrolegirlangan (elementlar mikrodozada kiritilgan), kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (3,5 —10%), yuqori (10% dan yuqori) legirlangan xillarga boʻlinadi.
Legirlangan poʻlat konstruksion (qarang Konstruksiyey materiallar), asbobsozlik (qarang Asbobsozlik poʻlati) va alohida kimyoviy-fizik xossaga ega boʻlgan poʻlatlarga (mas, issiqbardosh poʻlat, olovbardosh poʻlat, magnitli poʻlat va boshqalar) boʻlinadi. Legirlangan poʻlatdan mashina, mexanizm va qurilmalarning detallari, asboblar va boshqa tayyorlanadi
Legirlangan choʻyan — tarkibiga maʼlum xossa beradigan legirlovchi elementlar (xrom, alyuminiy, nikel, vanadiy, titan va boshqalar) sunʼiy ravishda qoʻshilgan choʻyan. Mikrolegirlangan (elementlar mikrodozada qoʻshiladi), kam (elementlar 3% gacha qoʻshiladi), oʻrtacha (3—10%), yuqori (10% dan yuqori) legirlangan xillarga boʻlinadi.
Legirlangan choʻyan xromli, alyu-miniyli, nikelli; konstruksion (qarang Konstruksion materiallar), antifriksion (qarang Antifriksion materiallar), korroziyabardosh (qarang Korroziyabardosh materiallar), issiqbardosh, olovbardosh, magnitmas, yeyilishga chidamli va boshqa turlari bor. Legirlangan choʻyandan silindr bloklari, porshenlar, tirsakli vallar, podshipniklar, ishqalanuvchi detallar va boshqa tayyorlanadi
Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling