Amaliyot – Milliy Daromadni O’lchash Makroiqtisodiyot Quyidagi savollarga javob bering: - Mikroiqtisodiyot nima?
- Makroiqtisodiyot nima?
- Ishlab chiqarish omillari nima? Ularni sanab o’ting.
- Nima uchun iqtisodiyotda daromad va xarajat teng bo’lishini oddiy misol bilan tushuntiring.
- Yalpi Ichki Maxsulot (YaIM) nima?
Quyidagi savollarga javob bering: - Quyidagi maxsulotlardan qaysi birining YaIMdagi ulushi yuqori boladi? Tejamkor avtomobil ishlab chiqarishmi yoki bahaybat avtomobil ishlab chiqarishmi?
- Fermer etishtirgan bug’doyni tegirmonchiga 1500 so’mga sotadi, tegirmonchi ishlab chiqargan unini nonvoyga 2000 so’mga sotadi. Nonvoy esa undan yopilgan nonni 3000ga sotadi. Ushbu oldi-sotti faoliyatlarining YaIMdagi jami ulushi qancha bo’ladi?
Masalalar va ularning tadbiqi - YaIMning to’rtta tarkibiy qismini sanab o’ting;
- Quyidagi oldi-sotti faoliyatlari YaIMning qaysi tarkibiy qismida aks etadi va YaIMni qanday o’zgartiradi?
Quyidagi savollarga javob bering: - Nominal YaIM nima?
- Real YaIM nima?
- Iqtisodiy farovonlikni belgilashda iqtisodchilar nima uchun Nominal YaIMdan ko’ra Real YaIMni ishlatishni afzal ko’rishadi?
- YaIM defilatori nima va u qanday hisoblanadi?
Masalalar va ularning tadbiqi – 1 - Jadvalda berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda, har bir yil uchun nominal YaIM, real YaIM va YaIM defilatorini hisoblang, bazoviy yil 2013.
- Avvalgi yilga nisbatan 2014 va 2015 yillarda nominal YaIM, real YaIM va YaIM defilatori qancha foizga o’zgargan? Javoblarni taqqoslang va muhokama qiling.
- Iqtisodiy farovonlik 2014-yilda oshganmi yoki 2015-yildami?
Yil
|
Sut narxi (so’m)
|
Sut miqdori (litr)
|
Asal narxi (so’m)
|
Asal miqdori (kg)
|
2013
|
1
|
100
|
2
|
50
|
2014
|
1
|
200
|
2
|
100
|
2015
|
2
|
200
|
4
|
100
| Masalalar va ularning tadbiqi – 2 - A va B mamlakatlarining statistik ma’lumotlarindan foydalanib ikki davlatning nominal va real YaIMlarini hisoblang va qaysi mamlakatda iqtisodiy farovonlik yaxshilanganini aniqlang.
A-davlat
| | | | |
Year
|
Moshina P ($)
|
Moshina Q
|
TV P
|
TV Q
|
2015
|
10,000
|
5
|
300
|
10
|
2016
|
11,000
|
10
|
500
|
12
|
2017
|
12,000
|
15
|
600
|
15
|
B-davlat
| | | | |
Year
|
Qovun P (so'm)
|
Qovun Q
|
Tarvuz P (so'm)
|
Tarvuz Q
|
2015
|
5000
|
50
|
3000
|
100
|
2016
|
6000
|
45
|
4000
|
90
|
2017
|
8000
|
40
|
6000
|
70
| Quyidagi savollarga javob bering: Kishi boshiga to’g’ri keladigan YaIM haqiqiy iqtisodiy farovonlikni belgilashida kamchilik deb sanalgan quyidagi omillarni misol bilan tushuntiring. - Yaxshi va yomonni birdek aks ettirishi;
- Bo’sh vaqt omilini hisobga olmasligi;
- Faqatgina rasmiy bozor oldi-sotti faoliyatini hisobga olishi;
- Tovarlar taqsimotini to’g’ri ask ettirmasligi;
- Atrof muhit omili hisobga olinmasligi;
- Texnologik yutuqlarni hisoblashdagi boshqa kamchiliklar.
Quyidagi savollarga javob bering: - Afg’onistonnig kishi boshiga to’g’ri keladigan YaIMti $509 (2020) O’zbekistonda esa $1686(2020). Norasmiy bozor darajasini hisobga olib, ikki mamlakatdagi umumiy yashash tarzini taqqoslang.
- Mamlakatlarning madaniyat va urf-odatlarining xilma xilligini hisobga olgan holda YaIMning yuqori yoki past bo’lishligiga misol keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |