Sinekdoxa yo`li bilan ma’noning ko`chirilishi?
S i n e k d o x a y o` l i b i l a n ma’noning ko`chirilishi (yunoncha: synekdoche – “birga anglamoq”, “qo`shib anglamoq”). Bunday ko`chirilish nomlanayotgan predmet yoki hodisalarning miqdor belgilariga tayanadi:
a) butunning nomi qismga ko`chiriladi: qo`l (butun) - qo`l (qism – «barmoq» ma’nosida: Besh qo`l barobar emas), bosh (butun)- bosh (qism-«miya», «aql-xush» ma’nolarida: Tog`ning ko`rki tosh bilan, odamning ko`rki bosh bilan);
b) qismning nomi butunga ko`chiriladi: olma (qism-«meva»)- olma (butun – daraxt: olma gulladi), eshik (qism – «uyning eshigi», «hovlining eshigi») – eshik (butun – «uy», «hovli»: Eshigimda juda ko`p odamlar ishlagan. O.), tirnoq (qism) – tirnoq (butun – «bola», «farzand»: Sizga og`ir. Peshanangizga tirnoq bitmadi. Ko`nglingiz yarim. R.F.), tuyoq (qism) – tuyoq (butun – "uy hayvoni", "mol": Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko`rmagan. O.).
Do'stlaringiz bilan baham: |