Leksikologiya nimani o`rganadi?


Leksik ma’no hajmining o`zgarishi: ma’noning kengayishi va torayishi?


Download 32.58 Kb.
bet14/22
Sana01.11.2021
Hajmi32.58 Kb.
#169700
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Abdullayeva Dinora

Leksik ma’no hajmining o`zgarishi: ma’noning kengayishi va torayishi?

Ma’noning kengayishi – leksemaning ma’no hajmida tor ma’nodan keng ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan, yaylov so`zi dastlab "tog`ning tepasidagi o`tloq"ni ifodalagan: qadimgi turkiy tilda yay (yay) so`zi "yoz"ni, yaylag` so`zi esa "yozlaydigan joy"ni anglatgan. Chorvadorlar yoz payti molni tog`ning tepasidagi o`tloqlarda ("yaylag`"da) boqishgan, qishda esa "yaylag`"dan "qishlag`"ga tushib yashashgan.

Ma’noning torayishi – leksemaning ma’no hajmida keng ma’nodan tor ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan: vatan (keng ma’noda: "kishi tug`ilib o`sgan mamlakat, ona-yurt") – vatan (tor ma’noda: "kishi tug`ilib o`sgan shahar yoki qishloq").




  1. Leksik ma’no miqdorining o`zgarishida polisemiya va omonimiyaning yuzaga kelishi?

Leksik ma’no taraqqiyoti natijalari ikki xil bo`ladi: 1) so`zning semantik tarkibidagi ma’nolar miqdori ko`payadi, demak, miqdor o`zgarishi yuz beradi, bu hol polisemiyaga (ko`p ma’nolilikka) va omonimiyaga olib keladi. Xususan, metafora, vazifadoshlik (funksiyadoshlik) va sinekdoxa yo`llari bilan ma’no ko`chirilishida ko`proq polisemiya yuzaga keladi, chunki bir leksemaning semantik tarkibida leksik ma’nolar miqdori ko`payadi: ko`z ("ko`rish a’zosi") – ko`z ("uzukning ko`zi") – ko`z ("taxtaning ko`zi") – metafora; tish ("odamning tishi") – tish ("arraning tishi")- metafora va funksiyadoshlik; gilos ("mevaning bir turi") – gilos ("gilos daraxti")-sinekdoxa. Metonimiya yo`li bilan ma’no ko`chishida natija ikki xil bo`ladi: a) polisemiya yuzaga keladi


  1. Download 32.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling