Оmоnimlar dеb nimaga aytildadi?
Omonimlar shakli bir xil, ma’nolari har xil (o`zaro bog`lanmagan) leksemalardir (yuqoridagi misollar). ular omonim omoleksemalar deb ham ataladi.. Bunday omonimlarning ko`pchiligi bir so`z turkumiga mansubdir, shu sababli ularning nutqdagi grammatik shakllari ham bir xil bo`ladi. Qiyos qiling: ot («ism») – otim, oting, oti; otni, otning, otga...kabi,ot («hayvon») – otim, oting, oti; otni, otning, otga... kabi. Yana: bo`sh (sifat) – «ichiga hech narsa solinmagan»: bo`sh chelak kabi; bo`sh (sifat) – «tarang tortilmagan»: arqonni bo`sh tortib bog`lamoq kabi.
Sinonimiya nima?
Sinonimiya va polisemiya o`rtasida ma’lum bog`lanish bor. Xususan, polisemantik leksema har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorlarga kirishi mumkin: olov yoqmoq va o`t yoqmoq (sinonimlar: olov va o`t), quyosh olovi va quyosh Harorati (sinonimlar: olov va Harorat), olov yigit va g`ayratli yigit (sinonimlar: olov va g`ayratli) kabi.Sinonimlar nutqda muhim uslubiy vosita sanaladi: ular nutqning ravon va ta’sirli bo`lishini, fikrning aniq va obrazli chiqishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |