Ma’no sinonimlari, uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar qanday farqlanadi?
Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan farqlanadi. Masalan, achchiqlanmoq, g`azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari "g`azabi kelmoq" ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash darajasi bir xil emas, u "achchiqlanmoq"dan "g`azablanmoq"qa, "g`azablanmoq"dan esa "qahrlanmoq"qa qarab kuchayib boradi.
Sinonimiya va polisemiya o`rtasida qanday bog`lanish bor?
Sinonimiya va polisemiya o`rtasida ma’lum bog`lanish bor. Xususan, polisemantik leksema har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorlarga kirishi mumkin: olov yoqmoq va o`t yoqmoq (sinonimlar: olov va o`t), quyosh olovi va quyosh Harorati (sinonimlar: olov va Harorat), olov yigit va g`ayratli yigit (sinonimlar: olov va g`ayratli) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |