Antonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?
Antonimiya hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe’llarda bir oz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo`lmaydi (ayrim kontekstual holatlar bundan mustasno).
Kontekstual antonimiya o`zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning ma’lum kontekst ichida so`zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritilishidir. Buni quyidagi she’riy misralar tahlilida ko`rish mumkin:
Kontekstual antonimiya haqida ma’lumot bering.
Kontekstual sinonimiya – til birligi sifatida o`zaro sinonim bo`lmagan leksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi. Masalan, chinni va kosa so`zlarining leksik ma’nolari bir xil emas: chinni «idish-oyoq, izolyatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loy»ni, kosa esa «piyoladan kattaroq idish»ni ataydi. Demak, biri «material»ni, ikkinchisi esa shu materialdan yasalgan «idish»ni anglatadi, shunga ko`ra ular sinonim hisoblanmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi «kosa» ma’nosida ham qo`llanadi, binobarin, shu shevaga xos kontekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika... xitoyi ch i n n i d a moy olib keldi (J.Sh.)
Do'stlaringiz bilan baham: |