Lesson 15 Word deputies. (one, ones) Fe'l shaxsi noma'lum gaplar
Lesson 18 Theme As...as, not so...as
Download 308.58 Kb.
|
Lesson 15 Word deputies
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fel shaxsi nomalu m gaplar.
Lesson 18 Theme As...as, not so...as qiyoslash konstruktsiyalari. Sifati bir hil bo'lgan ikki predmetni qiyoslashda as...as xuddi. kabi qiyos bog'lovchisi ishlatiladi. This book is as interesting as that one. Bu kitob xuddi narigi kitob kabi qiziq. Qiyoslanuvchi ikki predmetning sifatida farq bo'lsa not so ... as -chalik emas ishlatiladi. Bunda not fe'l bilan keladi. This book is not so interesting as that one. Bu kitob narigisichalik qiziqarli emas. Ot shaxsi noma'lum gaplar (Davomi). It is difficult to find kabi gaplar shaxsi noma'lum gaplarning ikkinchi turi hisoblanib, birinchisidan shunisi bilan farq qiladiki, infinitiv bilan ifodalanadigan ish harakatga gapiruvchi o'z munosabatini bildiradi. It is easy to read this book. Bu kitobni o'qish oson. Infinitiv ifodalagan ish harakatni bajaruvchi sheas for predlogi bilan ko'rsatiladi. It is easy for him to read this book. Unga bu kitobni o' qish oson. Bunday shaxsi noma'lum gaplarda ko'pincha quyidagi difficult - qiyin, easy-oson, strange- g 'alati, possible- imkoni bor, impossible- imkoniyo 'q, necessary-feraA va boshqa sifatlar ishlatiladi.
Ot shaxsi noma'lum gaplardan tashqari ingiiz tilida fe'l shaxsi noma'lum gaplar ham mavjud. Ularning ot shaxsi noma'lum gaplardan farqi shundaki, ularda to rain ,yomg'ir yog'moq to snow qor yog'moq kabi shaxsiz fe'llar bilan ifodalangan sodda fe'l kesim bo'lib keladi. Bu fe'llar III shaxs birlikda moslashib keladi. It often rains in autumn. Kuzda yomg'ir ko'p yog'adi. It snowed a lot (= a great deal) last winter. O'tgan qish qor ko'p yog'di. To rain, to snow kabi fe'llarni o'zbek tilida mos fe'l shakli yo'q. Bunday fe'llar kelgan gaplarning bolishsiz va so'roq shakllari asosiy fe'llar kabi do ko'makchi fe'li yordamida yasaladi. It doesn't often rain here in summer. Bu yerda yozda yomg'ir ko'p yog'maydi. He doesn't go to school. U maktabda o'qimagan., It didn't snow much last winter. O'tgan qish qor ko'p yogmagan. He didn't go to school last year. U o'tgan yili maktabda o'qimadi.
Kuzda ko'p yomg'ir yog'adimi? U maktabda o'qiydimi? O'tgan yili qor ko'p yog'dimi? O'tgan yili u maktabda o'qidimi? Hozir yomg'ir yog'ayaptimi? U hozir yozayaptimi. Download 308.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling