Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

IZOHLAR
 
1:3 bu qurbonligingizni — yoki sizni. Ibroniycha matnda bu o‘rinda ishlatilgan olmosh 
qurbonlikka yoki qurbonlikni keltirayotgan odamga ishora qiladi. 
1:14 kaptar yoki musicha — buqa, qo‘chqor yoki takani qurbonlik qilishga qurbi 
yetmagan kambag‘al odamlar bularning o‘rniga kaptar yoki musichani qurbonlik 
qilishlari mumkin edi (5:7, 12:8 ga qarang). 
1:16 Jig‘ildonini, ichidagi narsalari bilan birga, sug‘urib olib… — yoki Jig‘ildoni va 
patlarini sug‘urib olib…
2:13 …tuz Xudoyingiz sizlar bilan tuzgan ahdni bildiradi — tuz barqarorlik va 
o‘zgarmaslik ramzidir, chunki qadimda tuz ba’zi oziq–ovqat mahsulotlarini achib 
qolishdan saqlash uchun ishlatilgan. Bu o‘rinda tuz ahdning barqarorligini bildiradi 
(Sahroda 18:19, 2 Solnomalar 13:5 ga qarang). Shu ahdga ko‘ra, Xudo hech qachon Unga 
sajda qilganlarni tark etmaydi, sajda qiluvchilar esa Xudoning qonunlariga doimo rioya 
qilishlari shart. 
3:4 jigarning a’lo qismi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi jigarning turtib 
chiqqan joyi (shu bobning 10, 15–oyatlarida ham bor). Bu o‘rinda nima uchun jigarning 
aynan shu qismi haqida so‘z ketgani aniq emas. Ba’zi olimlarning fikri bo‘yicha, jigarning 
bu qismi eng a’lo qism hisoblanib, Egamizga atab kuydirishga loyiq edi. Boshqalarning 
aytishicha esa, butparast xalqlar jigarning bu qismini fol ochishda ishlatganlari uchun, 
uni kuydirib yo‘q qilish kerak edi. Boshqa olimlar esa bu o‘rindagi ibroniycha so‘zni 
“jigarni qoplab turgan parda” deb talqin qilishadi. 
4:7 tutatqi qurbongohining shoxlari — tutatqi qurbongohining tepasidagi to‘rt 
burchagidan to‘rtta shox bo‘rtib chiqqan edi. 
4:9 jigarning a’lo qismi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi jigarning turtib 
chiqqan joyi. 3:4 izohiga qarang. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling