8:15 qurbongohning shoxlari — 4:25 izohiga qarang.
8:16 jigarning a’lo qismi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi jigarning turtib
chiqqan joyi (shu bobning 25–oyatida ham bor). 3:4 izohiga qarang.
8:23 solinchak — quloqning pastki yumshoq qismi.
8:26 xamirturushsiz nonlar solingan savat — shu bobning 2–oyatiga va Chiqish 29:1-
3 ga qarang.
9:9 qurbongohning shoxlari — 4:25 izohiga qarang.
9:10 jigarning a’lo qismi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi jigarning turtib
chiqqan joyi (shu bobning 19–oyatida ham bor). 3:4 izohiga qarang.
10:6 …sochingizni to‘zitmanglar… — yoki …bosh yalang yurmanglar….
10:7 muqaddas qiladigan moy — 8:2 izohiga qarang.
11:4 …hayvonlardan quyidagilarni tanovul qilmang — ibroniycha matndagi shu bobning
5-30–oyatlarida aytib o‘tilgan ba’zi hayvonlar, qushlar va hasharotlar qanday hayvon,
qush yoki hasharot ekanligi bahsli.
13:2 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan
so‘zning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri
kasalliklaridan birortasiga yo‘liqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini
boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun, boshqalardan ajratib
qo‘yilar edi (Shu bobning 45-46–oyatlariga qarang).
13:2 uning o‘g‘illari — yoki uning nasli. Qonunga ko‘ra, faqat Horun va uning naslidan
bo‘lgan o‘g‘illar ruhoniy bo‘lib xizmat qila olishardi. Matnning asosiy mazmuni kasal
odamni ruhoniyga ko‘rsatishdan iborat.
13:45 …sochini to‘zitsin… — yoki …bosh yalang yursin….
14:2 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan
so‘zning tarjimasidir. 13:2 ning birinchi izohiga qarang.
Levilar
41
Do'stlaringiz bilan baham: |