21:5 …sochini qirmasin…badanini tilmasin — 19:27-28 ga va o‘sha oyatlarning izohiga
qarang.
21:10 …sochini to‘zitmasin… — yoki …bosh yalang yurmasin….
21:12 muqaddas qiladigan moy — 8:2 izohiga qarang.
22:4 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan
so‘zning tarjimasidir. 13:2 ning birinchi izohiga qarang.
22:29 shukrona qurbonligi — 7:11-15 ga qarang.
23:5 Birinchi oy — ibroniy kalendarining Abib oyi nazarda tutilgan (Abib oyi Nison oyi
deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan
boshlanadi.
23:5 Fisih ziyofati — Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lishi munosabati bilan
nishonlangan ziyofat (Chiqish 12:1-42 ga qarang).
23:6 xamirturushsiz non bayrami — yetti kunlik bayram bo‘lib, Fisih ziyofati singari,
Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganini nishonlash uchun o‘tkazilardi
(Chiqish 12:14-20, 13:3-10 ga qarang).
23:10 har yili yig‘ishtirgan hosilingiz — bahorning Abib oyida pishadigan arpa hosiliga
ishora (shu bobning 5–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang).
23:13 sakkiz kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan ikki qismi, taxminan 4 litrga
to‘g‘ri keladi (shu bobning 17–oyatida ham bor).
23:13 ikki kosa — ibroniycha matnda chorak xin, taxminan 1 litrga to‘g‘ri keladi.
23:16 yangi don — bug‘doyning ilk hosiliga nisbatan aytilgan (Chiqish 34:22 ga qarang).
23:24 Yettinchi oy — 16:29 izohiga qarang.
23:27 Yettinchi oy — 16:29 izohiga qarang.
23:27 Poklanish kuni — 16:1-34 ga qarang.
23:32 …kechqurundan…kechqurungacha… — qadimda Isroil xalqining urf–odatiga
ko‘ra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanib, keyingi kuni quyosh botguncha
davom etar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |