Levilar
43
izohiga qarang.
24:5 o‘n ikkita non — bu nonlar Isroil xalqining o‘n ikkita qabilasi uchun xontaxtaga
qo‘yilgan bo‘lib, Egamizning Muqaddas chodirda zohir bo‘lishini aks ettiruvchi timsol
edi. Shuningdek, Xudo Isroil xalqining qudrati va ta’minlovchisi ekanligidan darak berib
turgan.
24:5 sakkiz kosa — ibroniycha matnda
efaning o‘ndan ikki qismi, taxminan 4 litrga
to‘g‘ri keladi.
24:9 Ular bu nonlarni muqaddas joyda tanovul qilishsin — 6:16 ga qarang.
25:4 Yettinchi yili — Chiqish 23:10-11 ga qarang.
25:8 Yetti yil — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi
Yetti Shabbat yili. Har
yettinchi yili
Shabbat yili deb hisoblangan (shu bobning 1-4–oyatlariga qarang).
25:9 yettinchi oy — 16:29 izohiga qarang.
25:9 Poklanish kuni — 16:1-34, 23:26-32 ga qarang.
26:30 sajdagoh — ibroniycha matnda
bamax, ya’ni “tepalik”. Kan’on xudolariga
topinadigan joylar
bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar
tepaliklarda joylashgan
bo‘lib, u yerda Kan’on xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh
bo‘lardi.
27:3 50 bo‘lak kumush — ibroniycha matnda
Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga
ko‘ra o‘lchangan 50 shaqal kumush. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal
taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, 50 kumush bo‘laklar og‘irligi taxminan 550
gramm edi.
Do'stlaringiz bilan baham: