Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


:7 echki jinlar — odamlarning tasavvuriga ko‘ra, bu jinlar sahroda yashardilar.  18:21


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

17:7 echki jinlar — odamlarning tasavvuriga ko‘ra, bu jinlar sahroda yashardilar. 
18:21 Bolalaringizning birortasini Mo‘laxga qurbonlik qilmang… — ibroniycha matndan. 
Qadimiy yunoncha tarjimada Bolalaringizning birortasini Mo‘laxga xizmat qildirmang…
19:27-28 Chakkangizdagi sochlaringizni qirmang…
28
…teringizni teshib sur’at solmang — 
bu odatlar butparast xalqlarga xos edi. 
19:29 Qizingizni fohishalik qilishga undamang… — o‘sha paytlarda Kan’ondagi 
butparast xalqlar o‘z sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. 
Butparast xalqlarning udumlariga ko‘ra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy 
aloqa qilish orqali o‘z xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni 
so‘rardilar. Lekin Egamiz Isroil xalqiga bu yo‘l bilan sajda qilishni qat’iyan man etgan 
(Qonunlar 23:17-18 ga qarang). 
19:36 o‘lchov tog‘orayu kosalaringiz — ibroniycha matnda efa va xin. Bular o‘lchov 
birliklari bo‘lib, efa quruq narsalarni o‘lchash uchun, xin esa suyuqliklarni o‘lchash 
uchun ishlatilardi. 


Levilar 
42 
20:21 Agar erkak akasining yoki ukasining xotiniga uylansa, yaramas ish qilgan bo‘ladi 
— erkak o‘z akasi yoki ukasining tirikligi paytida uning xotiniga uylanishi qat’iyan man 
etilardi. Faqatgina akasi yoki ukasi farzand ko‘rmay vafot etgandagina, u marhumning 
beva qolgan xotiniga uylanishga burchli edi. Bundan maqsad marhum qondoshining 
naslini davom ettirish edi (Qonunlar 25:5-6 ga qarang). 
20:24 sut va asal oqib yotgan yurt — nihoyatda hosildor yerni bildiruvchi ibora. Mo‘l–
ko‘l sut — mol uchun ko‘m–ko‘k yaylovlarning ko‘pligini bildiradi. Asal — xurmodan 
olinadigan quyuq, shirin murabboga ishora bo‘lishi mumkin. Murabboning mo‘lligi 
yaxshi hosil beradigan yerni bildiradi. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling