Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Nima qilib turibsan, yeyishga biron narsa tayyorlasangchi. Itday ochman. 
 
– Mana hozir otga tikilib turib, qarilik nima ekanligini bildim,– javob berdi xotini.– Agar 
sen huv oʻsha Gulsari ekanligini aytmaganingda tanimagan boʻlardim. 
 
– Nimasiga hayron qolasan buning. Biz ikkimizning ahvolimiz undan yaxshiroq deb 
oʻylaysanmi? Hamma narsaning ham oʻz vaqti-soati bor. 
 
– Men ham mana shuni aytyapmanda.– U oʻychan bosh chayqadi va oq koʻngillik bilan 
kulimsirab hazil qildi: – Ehtimol, sen yana yoʻrgʻangda tunlari daydib yurarsan? Mayli, 
ruxsat. 
 
– Qayda!– u oʻngʻaysizlanib qoʻl siltadi va xotiniga orqasi bilan oʻgirilib oldi. Hazilga 
hazil bilan javob qaytarsa boʻlardi, biroq u uyalganidan ombor ustiga pichan olgani 
chiqib ketdi. U yerda ancha vaqtgacha ivirsib yurdi. Xotini anavi ishlarni unutib 
yuborgan, deb oʻylab yurardi, unutmagan ekanda. 
 
Moʻridan tutun koʻtarilardi, xotini sovib qolgan ovqatni isitardi, u boʻlsa to xotini 
eshikdan turib qichqirmaguncha ivirsib pichan bilan ovora boʻldi. 
 
– Tush, boʻlmasa ovqat yana sovib qoladi. 
 
Xotini oʻtgan ishni boshqa eslamadi, eslashning nima ham hojati bor edi?.. 
 
Butun kuz va qish boʻyi Tanaboy yoʻrgʻani parvarish qildi, iliq kepak tert, maydalangan 
lavlagi bilan boqdi. Gulsarining tishlari tushib boʻlay degandi, faqat siniqlari qolgandi. 
 
Otni endi oyoqqa turgʻizdim, deb oʻylovdi, buning ahvolini qarang. Endi uni nima qilish 
kerak? 
 
Yoʻq, otni yoʻlning qoq oʻrtasida tashlab ketishga koʻzi qiymaydi. 
 
– Xoʻsh, Gulsari, endi shunday turaveramizmi? – Tanaboy yoʻrgʻani qoʻli bilan itargan 
edi, u tebranib, oyoqlari chalishib ketdi. – Qani, toʻxtab turchi, men hozir... 
 
U keliniga kartoshka olib kelgan boʻsh qopni qamchi sopi bilan aravaning tagidan 
koʻtardida, undan tuguncha chiqardi. Xotini yoʻlga non yopib bergandi, esidan chiqarib 
yuboribdi, ovqatni oʻylaydigan vaqt emasdi. Tanaboy nonning yarmini sindirdi, uni 
maydalab beshmatining etagiga soldida, otga tutdi. Gulsari qattiq nafas olib nonni 
hidladi, lekin uni yeya olmadi. Shunda Tanaboy unga kafti bilan yegiza boshladi. Ogʻziga 
bir necha boʻlagini tiqdi, ot chaynay ketdi. 
 
– Ye, ye, ehtimol yetib olarmiza? – Tanaboy quvonib ketdi.– Asta-sekin bir amallab



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling