Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 10 library.ziyonet.uz/ Choroning yoshligi Tanaboyning esiga tushib ketdi. Oʻsha davrda u ovulda eng savodxon, koʻzga koʻringan yigit edi. Odamlar vazminligi, yaxshi xulqi uchun uni hurmat qilishardi. Tanaboyga esa uning koʻngilchanligi yoqmasdi. Majlislarda u ba’zan oʻrnidan sakrab turardida, dushman bilan sinfiy kurashga yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan boʻshangligi uchun Choroni urib yiqardi. Uning soʻzlari xuddi gazetalarda yozilgan soʻzlarday shiddatli edi. Ovoz chiqarib gazeta oʻqiganlarida nimaiki eshitgan boʻlsa, hammasini yodaki takrorlardi. Ba’zan oʻzining soʻzlaridan oʻzi dahshatga tushib ketardi. Lekin juda zoʻr chiqardi. – Bilsang, seshanba kuni men togʻda edim,– dedi Choro. – Chollar, hamma soldatlar ham qaytib kelishdimi, deb soʻrashdi. Ha, tirik qolganlarning hammasi, dedim. «Qachon ish boshlashmoqchi!» Ishni boshlashgan, deb javob qildim, biri dalada, biri qurilishda, boshqalari yana boshqa yerlarda. «Buni biz ham bilamiz. Yilqilarga kim qarashi kerak? Bizning oʻlishimizni kutishmoqchimi, bir oyogʻimiz goʻrdaku». Juda uyalib ketdim. Tushunyapsanmi muddaolarini? Biz bu chollarni urush yillari togʻlarga yilqichilikka yuborgandik. Shundan beri ular oʻsha yoqda. Senga aytib oʻtirishimning hojati yoʻq, chollarning ishi emas bu. Doim egardasan, na kunduzi, na kechasi halovat yoʻq. Qish kechalarini aytmaysanmi! Darveshboy esingdami, egarda muzlab qotib qoldi. Ular axir otlarni yurishga, minishga ham oʻrgatishardi – armiyaga kerak edi bu otlar. Yetmish yoshingda sen togʻu dashtlarda sarson boʻlishni tatib koʻrchi. Koʻradiganingni koʻrasan. Shuncha chidab berganlari uchun ham rahmat ularga. Frontchilar boʻlsa mana qaytishdiyu, burunlarini jiyirishyapti, «chet el madaniyati»ni koʻrishgandirda, endi yilqichilikni yoqtirmay qolishibdi. Togʻlarda sarson-sargardon boʻlib nima qilaman emish. Ahvol mana shunday. Shuning uchun sen yordam ber, Tanaboy. Sen borsang, boshqalarni ham majbur qilamiz. — Xoʻp, yaxshi, Choro, xotinim bilan gaplashib koʻray, – javob berdi Tanaboy. Oʻzi esa: «Qanaqa kunlarni boshimizdan oʻtkazdik, sen boʻlsang, Choro, hali ilgarigidaysan. Koʻngilchanliging tufayli adoyi-tamom boʻlasan. Ehtimol, bu yaxshi hamdir, urushda nimalarni koʻrmadik axir, hammamiz ham koʻngilchanroq boʻlsak yaxshi boʻlardi. Ehtimol, hayotdagi eng keragi mana shudir?» deb oʻyladi. Ular gapni bir joyga qoʻyib ajralishdi, Tanaboy oʻzining ustaxonasi tomon yoʻl oldi. Lekin Choro birdan uni chaqirib qoldi: – Tanaboy, toʻxta! – u otda uning oldiga keldi va egar qoshiga engashib uning yuziga tikildi:– Sen xafa boʻlmadingmi? – soʻradi u sekingina. – Bilasanmi, hech vaqt topa olmayapmanda. Ilgarigi paytlardagiday dilkashlik qilgim keladi. Necha yil koʻrishmadik. Urush tamom boʻlsa yengilroq boʻlar, deb oʻylagandim, tashvish kamaymayapti. Ba’zan har xil fikrlar boshingga kelib mijja qoqmay chiqasan. Qanday qilib xoʻjalikni yuksaltirish, xalqni toʻydirish va hamma rejalarni bajarish mumkin. Odamlar ham avvalgi odamlar emas, yaxshiroq yashashni xohlashadi... Ammo dilkashlik qilib suhbatlashib oʻtirish ularga nasib boʻlmadi, xoli oʻtirishga vaqt |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling