Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 13 library.ziyonet.uz/ oʻtov qoldi, endi oilasi bilan birga koʻchib kirishi lozim edi. Boshqa oʻtovga uning yordamchisi oʻrnashishi kerak edi. Ammo hali yordamchi topishmagandi. Hozircha uning bir oʻzi edi. Xayrlashayotganida Toʻrgʻay yana: – Saman toyga hozircha tegmay tur,– dedi. – Hech kimga ishonib topshirma ham. Bahorda oʻzing minishga oʻrgat. Ha, ehtiyot boʻl. Egarlab minib olgandan keyin qattiq haydama. Tizginini hadeb tortaversang yoʻrgʻa qadamidan ayniydi, otni buzib qoʻyasan. Tagʻin qara, birinchi kunlari issiqlab turib koʻp suv ichib qoʻymasin. Oyoqlariga suv tushadi, oqbosh yarasi paydo boʻla boshlaydi. Agar oʻlmasam, minishga oʻrgatganingdan keyin koʻrsatarsan. Toʻrgʻay unga yilqilarni, oʻtovni, togʻ-toshlarni qoldirib, koʻch-koʻronlarini tuyaga ortdiyu, kampiri bilan joʻnab ketdi... Gulsari oʻzi haqida qancha gap-soʻzlar boʻlganini, yana qancha soʻzlar aytilishini va bularning oqibati nima boʻlishini bilsa edi!.. U yilqilar podasida avvalgiday erkin yurardi. Chor atrofda hech narsa oʻzgarmagan, oʻsha togʻlar, oʻsha maysalar va oʻsha daryolar. Faqat chol oʻrniga Kulrang shinel' va soldatcha quloqchin kiyib olgan boshqa xoʻjayin ularni qoʻriqlay boshladi. Yangi yilqichining ovozi xirqiroq, lekin baland va kuchli edi. Yilqilar koʻp oʻtmay unga oʻrganib qolishdi. Mayli, atrofda aylanib yuraversin. Keyin esa qor yogʻdi. U dam-badam yogʻar va erinmay uzoq yotardi. Otlar oʻt-oʻlan topish uchun tuyoqlari bilan qor titkilashardi. Xoʻjayinning yuzlari qorayib, qoʻllari shamoldan tarashaday qotib ketdi. Endi u kigiz etik kiyib, katta poʻstinga oʻralib yurardi. Gulsarining junlari juda oʻsib ketgandi, shunday boʻlsa ham u sovqotar, ayniqsa tunlari qattiq sovuq yerdi. Ayozli tunlari yilqilar bir yerga zich boʻlib toʻplanishardida, to quyosh chiqquncha ustlariga qirov tushib, shu koʻyda turishardi. Xoʻjayin shu yerdan nari ketmay yurar, qoʻlqop kiygan qoʻllarini bir-biriga urar, yuzini ishqalar edi. Ba’zan koʻrinmay qolar va yana paydo boʻlardi. Uning ketmagani yaxshi edi. Qichqirsa yoki sovuqda tomoq qirsa yilqilar boshlarini dik etib koʻtarishar, quloqlarini ding qilishar, ammo xoʻjayinlari yonlarida ekanligiga darrov ishonch hosil qilishib, tungi shamolning gʻuvillashi, hushtagi ostida mizgʻiy boshlashardi. Oʻsha qishdan buyon Gulsari Tanaboyning ovozini bir umrga eslab qoldi. Bir kuni tunda togʻda boʻron boshlanib, quruq qor yogʻib berdi. Qor yolining ich ichiga kirar, dumini ogʻirlashtirar, koʻzlarini ochirmas edi. Yilqilar bezovta boʻlib qoldi. Otlar bir-biriga tiqilishar, qaltirashar, qari biyalar qulunlarni uyurning oʻrtasiga haydab, besaranjom boʻlishib pishqirishardi. Ular Gulsarini eng chekkaga siqib chiqarishdi, u toʻdaning orasiga hech kira olmasdi. Tepkib boshqalarni sura boshladi, butunlay chekkaga chiqib qoldi, shunda uyur aygʻiri rosa ta’zirini berdi. U koʻpdan beri atrofni aylanib yurarkan, kuchli oyoqlari bilan qorni bosib-yanchib, yilqilarni bir joyga yigʻayotgan edi. Ba’zan u boshini egib va quloqlarini chimirib qayoqqadir bir chekkaga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling