Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
12 
library.ziyonet.uz/ 
 
doira yasab aylanib chiqdi. Uning chopishiga maftun boʻlgan Tanaboy qichqirib yubordi: 
 
– Xoʻ-oʻ-oʻ, qadam tashlashini qara! Qara! 
 
– Sen nima deb oʻylovding! – gʻurur bilan javob qildi keksa yilqichi. 
 
Ular yoʻrgʻaning ketidan tez yoʻrttirib borishardi va poygadagi kichkina bolalarday 
qichqirishardi. Ularning ovozlari goʻyo toychoqni savalayotganday boʻlar, u oʻzini 
deyarli zoʻriqtirmay, qadamini tobora tezlashtirib, loʻkillamasdan bir tekis yoʻrgʻalab 
borardi. 
 
Ularga otlarini choptirishga toʻgʻri keldi, anavi boʻlsa hamon avvalgiday yoʻrgʻalab 
borardi. 
 
– Koʻryapsanmi, Tanaboy! – telpagini silkitib qichqirardi Toʻrgʻay otda chopib 
borayotib: – Ziyrakligini qara-ya, ovozingga qarab qadam tashlaydi-ya! Hayt, hayt, hayt-
e! 
 
Saman toychoq nihoyat yilqilarga kelib qoʻshilganida Toʻrgʻay bilan Tanaboy uni tinch 
qoʻyishdi. Lekin otlarini sovutayotganda ham anchagacha hayajonlarini bosisholmadi. 
 
– Rahmat-e, Toʻrgʻay aka, yaxshi ot yetishtiribsiz. Koʻnglim ancha koʻtarildi. 
 
– Yaxshi ot, – qoʻshildi unga chol.– Ammo ehtiyot boʻl, – ensasini qashib birdan 
qovogʻini solib oldi u. – Koʻziktirib qoʻyma. Mahmadonalik qilib, eldan burun gapirib 
yurma. Suqsur qizlardek yaxshi yoʻrgʻa otning ham xushtori koʻp boʻladi. Qiz taqdiri 
shundayki, yaxshi odamga tushsa, ochilib ketadi, koʻz koʻrib quvonadi, biron ahmoqning 
qoʻliga tushsa, qizni koʻrib xafa boʻlib ketasan. Hech yordam ham bera olmaysan. Yaxshi 
ot ham xuddi shunday. Nobud qilib qoʻyish hech gapmas. Poygada qoqilib yiqiladi. 
 
– Tashvishlanma, oqsoqol, axir mening ham bunaqa ishlardan xabarim bor, kichkina bola 
emasman. 
 
– Ha, balli. Men shunchaki gapirdim qoʻydim-da. Uning oti Gulsari. Esingda tut. 
 
– Gulsari? 
 
– Ha. Bultur yozda nevaram mehmon boʻlib kelgandi. Bu otni oʻsha qoʻygan. Sevib 
qolgandi. Oʻsha vaqtda u qulun edi. Esdan chiqarma: «Gulsari». 
 
Toʻrgʻay ezma chol ekan. Tun boʻyi nasihatgoʻylik qildi, Tanaboy uni sabr-toqat bilan 
tingladi. 
 
U Toʻrgʻay bilan xotinini manzildan yetti chaqirim narigacha kuzatib qoʻydi. Unga boʻsh 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling