Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 20 library.ziyonet.uz/ Avvalgi yilqichi chol – Toʻrgʻay esa Tanaboyga dedi: – Rahmat, yaxshi oʻrgatibsan. Yoʻrgʻangning dongʻi chiqishini endi koʻrasan! III Eski arava gʻildiraklari kimsasiz yoʻlda sekin gʻirchillab borardi. Ba’zan gʻildiraklarning toʻqillashi eshitilmay qolardi. Holdan toygan yoʻrgʻa toʻxtab qolar, sukunat choʻkkan damda yuragining gup-gup, gup-gup etib urayotganligi qulogʻiga chalinardi. Keksa Tanaboy otning nafasini rostlab olishini kutib turar, soʻng yana jilovidan tortardi: – Ketdik, Gulsari, ketdik, qara, qorongʻi tushib qoldi. Ular bir yarim soatlarcha yurishdi, keyin yoʻrgʻa taqqa toʻxtab qoldi. U aravani ortiq torta olmasdi. Tanaboy yana ot atrofida aylana boshladi. – Senga nima boʻldi, Gulsari, a? Qara, tezda tun kiradi! Lekin ot uni tushunmasdi. U hatto kallasini koʻtarishga ham majoli yetmay, boshini silkitib, chayqalib turardi. Qulogʻiga esa hamon yuragining gup-gup, gup-gup etib urishi eshitilardi. – Kechir meni, – dedi Tanaboy. – Darrov fahmim yetmaganini qara-ya. Qurib ketsin bu arava ham, bu egar-jabduq ham, seni bir amallab uyga yetkazib olsam boʻlgani. U poʻstinini yerga tashladi va shoshib-pishib otni aravadan chiqardi, boshidan xomutni oldi-da, hamma anjomlarni aravaga tashladi. – Mana, vassalom, – dedi u va poʻstinini kiyib aravadan chiqarilgan saman otiga qaradi. Xomutsiz, anjomsiz haddan ortiq katta kallali ot hozir kechki sovuqda choʻl oʻrtasida arvohday turardi. – Yopiray, Xudoyim-e, qay ahvolga tushib qolding, Gulsari? – pichirladi Tanaboy. – Agar seni hozir Toʻrgʻay koʻrganidami, goʻrida tik turardi... U saman otning jilovidan tortdi, ular yana asta yurib ketishdi. Qari ot va keksa odam. Ortda arava qolib ketdi, oldinda, gʻarb tomonda yoʻlni qoramtir-binafsha rang zulmat bosib kelayotgandi. Tun togʻlarni chulgʻab ufqni berkitib, choʻl ustiga, unsiz-tovushsiz yoyilib kelardi. Tanaboy yurib borarkan, uzoq yillar davomida saman ot bilan bogʻliq boʻlgan narsalarni eslar va alamli jilmayib, odamlar haqida oʻylardi: «Biz hammamiz mana shunaqamiz. Umrimizning oxirida, birortamiz ogʻir kasal boʻlib qolganimizda yoki dunyodan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling