Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 19 library.ziyonet.uz/ tanidi. U javob qaytarmoqchi boʻldi-yu, ammo shilinib, shishib ketgan ogʻzini ochgani qoʻrqardi. Juda ham ogʻrirdi. Nihoyat baytalcha uni izlab topdi. Oydinda peshonasidagi oq yulduzchani yaraqlatib yengilgina chopib keldi. Dumi va oyoqlari hoʻl edi. U daryoni kechib oʻtib, oʻzi bilan birga suvning sovuq nafasini keltirgandi. Tumshugʻini tirab, yumshoq iliq lablarini tegizib, uni iskay boshladi. Biya erkalanib pishqirar, uni oʻzi bilan birga ketishga chorlar, u boʻlsa joyidan qoʻzgʻala olmasdi. Soʻng biyacha uning boʻyniga kallasini qoʻydi-da, tishlari bilan yollari orasini qashiy boshladi. Saman toy ham uning boʻyniga kallasini qoʻyishi va yagʻrinini qashishi kerak edi. Ammo uning mehribonligiga mehribonlik bilan javob qaytara olmasdi, hatto qimir etishga holi kelmas, u chanqagandi. Baytalcha qochib ketganida to uning soyasi daryo ortidagi tun qorongʻuligiga singib ketguncha orqasidan qarab qoldi. Keldi-yu ketdi. Uning koʻzlaridan tirqirab yosh chiqdi. Yirik-yirik yosh tomchilari tumshugʻidan oqib, oyoqlari ostiga sekingina dumalab tushardi. Saman yoʻrgʻa umrida birinchi marta yigʻlayotgandi. Erta tongda xoʻjayin keldi. U atrofdagi koʻm-koʻk togʻlarga qaradi, kulimsirab bir kerishib oldi, suyaklari sirqirab ogʻriganidan ingrab qoʻydi. – Oh, Gulsari, kecha mening rosa adabimni berding-da. Nima qildi? Sovqotdingmi? Voy seni qara-yu. Ha, durust, durust. U yoʻrgʻa toyning boʻynini silab-siypadi va unga qandaydir iliq hazilomuz soʻzlarni gapira boshladi. Odam nimalarni gapirayotganini Gulsari qayoqdan bilsin? Tanaboy boʻlsa bunday derdi: – Ha, mayli, xafa boʻlma, birodar. Umr boʻyi ishsiz, bekor yurmassan axir. Koʻnikib qolarsan, hamma ish oʻnglanib ketadi. Qiynalding-a, hechqisi yoʻq, shusiz boʻlmaydi. Hayot mana shunaqa, doʻstim, toʻrttala tuyogʻingni ham taqalaydi. Keyinchalik yoʻlingda uchragan har bir toshga egilib ta’zim qilib yurmaysan. Qorning ochdimi, a? Chanqadingmi? Bilaman... U saman toyni daryo tomon yetaklab ketdi. Yaralangan ogʻzidan suvligʻimi avaylab chiqardi. Gulsari titrab-qaqshab suvga tashlandi, sovuqdan koʻzlaridan yosh chiqdi. Oh, suv naqadar mazali edi, u buning uchun odamdan qanchalik minnatdor! Shunday qilib, oradan koʻp vaqt oʻtmay u egarga shunchalik koʻnikib ketdiki, uning ogʻirligini sezmay ham qoldi. Ustidagi chavandoz unga qushday yengil koʻrinar, oʻzini yaxshi sezardi. Odam sira jilovni boʻsh qoʻymas, saman ot boʻlsa yoʻllarda bir maromda oyoq tashlab, yoʻrgʻalab ketardi. U egar ostida shunchalik tez va tekis yurishga oʻrgangan ediki, odamlar qoyil qolishardi: – Ustiga bir chelak suv qoʻy – bir tomchi ham toʻkilmaydi! – deyishardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling