Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
18 
library.ziyonet.uz/ 
 
sezmay qoldi, ogʻzidan burovni olishgandagina oʻziga keldi. 
 
Hamma yogʻidan qayish bilan tortilgan va ogʻirlashgan ot hech narsani tushuna olmay 
bir-ikki daqiqa turib qoldi, keyin yelkasi osha koʻz qirini tashlab, birdan ustida odam 
borligini koʻrdi. Choʻchiganidan oʻzini bir chekkaga otdi, lekin suvliq ogʻzini yirtar, 
odamning oyoqlari esa biqinlariga qattiq botib turar edi. Saman ot oldingi oyoqlarini 
tikka koʻtardi, gʻazabnok va jon achchigʻi bilan kishnadi, shataloq otib u yoqdan bu 
yeqqa yugurib-eldi va oʻzini bosib turgan hamma yukni ustidan uloqtirib tashlash uchun 
kuch toʻplab bir tomonga tashlandi, biroq ikkinchi uchini boshqa bir otliq odam mahkam 
ushlab turgan arqon uni qoʻyib yubormasdi. Shunda u doira yasab chopa boshladi, u 
doiradan chiqib, qochib ketish payida boʻlardi. Biroq doiradan chiqib ketib boʻlmas, 
tinmay chopar edi. Odamlarga xuddi mana shunisi kerak edi. Egasi uni qamchi bilan urib 
turar, etik poshnasi bilan niqtardi. Shunday boʻlsa ham saman ot uni ikki marta ustidan 
uloqtirib tashladi. Ammo egasi oʻrnidan turar va yana egarga minardi. 
 
Bu holat shu yoʻsinda uzoq, juda uzoq davom etdi. Boshi aylanardi, atrofdagi yer, 
oʻtovlar aylanardi, uzoqlarga tarqalib ketgan otlar, togʻlar, osmondagi bulutlar aylanardi. 
Keyin u charchadi va qadamlab yurib ketdi. Juda chanqadi. 
 
Ammo unga suv berishmasdi. Kechqurun ustidan egarini olmay, faqat ayilini salgina 
boʻshatib, otqoziqqa qantarib qoʻyishdi. Jilovini egarning qoshiga qattiq oʻrab bogʻlab 
qoʻyilganidan boshini tik tutishga toʻgʻri kelar va natidada yerga yota olmas edi. 
Uzangilar koʻtarilib egar qoshiga ilib qoʻyilgandi. U tun boʻyi shu taxlitda turib chiqdi. U 
oʻz boshidan kechirgan bu gʻaroyib narsalarning hammasidan dovdirab, esankirab tikka 
turardi. Ogʻzidagi suvliq hamon unga xalaqit berar, u salgina qimirlasa ham ogʻzini 
ogʻritar, temirning mazasi ham yoqimsiz edi. Ogʻzining shishgan burchaklarini suvliq 
shilib yuborgandi. Qornidagi qayish qiyib yuborgan joylari achishardi. Egar tagidan 
qoʻyilgan namat terlik ham belini ogʻritardi. Juda-juda suv ichgisi kelardi. U daryoning 
shovillashini eshitar va bundan chanqogʻi yanada kuchayardi. U yoqda – daryoning 
narigi betida har vaqtdagiday yilqilar oʻtlab yurishardi. Koʻp tuyoqlarning taqir-tuquri, 
otlarning kishnashi va tungi yilqichilarning qichqirigʻi eshitilardi. Oʻtovlar oldidagi 
odamlar gulxanlar yonida oʻtirib dam olishar, bolalar itlarni mayna qilib vovillashardi. U 
boʻlsa oʻz joyida turar, hech kimning u bilan ishi ham yoʻq edi. 
 
Soʻng, oy koʻtarildi. Togʻlar zulmat quchogʻidan chiqib, oyning sargʻish nuri ostida sekin 
tebrana boshladi. Yulduzlar tobora yerga yaqinlashib, yorqinroq porlardi. U bir joyga 
mahkam bogʻlanganicha qimir etmay turar, uni kimdir izlardi. U oʻzi bilan birga oʻsgan 
va oʻzidan hech qachon ajralmaydigan jiyron baytalning kishnashini eshitardi. 
Baytalchaning peshonasida oq yulduz qashqasi bor edi. U saman toycha bilan chopib 
yurishni yaxshi koʻrardi. Aygʻirlar uning ortidan quvib yura boshlagandi, u tutqich 
bermas, yoʻrgʻa toy bilan birga ulardan uzoqqa qochib ketardi. Jiyron baytalcha ham
saman toy ham hali yoshiga yetmagan edi. 
 
Mana, u qaydadir juda yaqin joyda kishnadi. Ha, bu oʻsha biya edi, uning ovozini u aniq 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling