Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 26 library.ziyonet.uz/ hech kim va’da bermas edi. Urush yillari turar joylar qay ahvolga keldi deysiz! Koʻproq bozorma-bozor yurib mol hamda kartoshka bilan savdo-sotiq qilib yurganlargina uy-joy qurishdi. Bundaylar kuch-qudratga kirib, qurilish materiallarini ham qayoqdandir chetdan topib kelishardi. – Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas oʻrtoqlar, bunda nimadir chatoq, qanaqadir katta ishkal bor, – deydi Tanaboy. – Shunday boʻlishi kerakligiga ishonmayman. Yo biz ishdan chiqib qoldik, yo sizlar notoʻgʻri rahbarlik qilyapsizlar. – Nimasi joyida emas? Nimasi notoʻgʻri? – Hisobchi unga qogʻozlarni tutardi. – Mana, planlarni qara... Manavi olganlarimiz, manavi topshirganlarimiz, manavi debet, manavi kredit, manavi sal'do. Daromad yoʻq, faqat zarar-ziyon. Yana nima demoqchisan? Avval tushunib ol. Faqat sen komunistsanu biz xalq dushmanimiz-a, shunaqami? Gapga boshqalar aralashar, bahs, shovqin-suron boshlanardi, Tanaboy boʻlsa boshini qoʻllari orasiga olib oʻtirardi va kuyib pishib nega bunday boʻlayotganini oʻylardi. U shu yerda ishlayotganligi uchungina kolxoz uchun kuyinmayotgandi, bunga boshqa alohida sabablar ham bor edi. Tanaboy bilan qadimdan xusumati boʻlgan kishilar bor edi. Ular endi undan sekin kulib yurganlarini, uni koʻrganlarida: xoʻsh, oʻzlarining ishlari qalay endi, degandek yuziga surbetlik bilan tik boqishlarini yaxshi bilardi. «Ehtimol, yana quloqlarni tugata boshlarsan? Faqat endi bizdan oladiganing yoʻq. Qoʻling kaltalik qiladi. U-uh, nega urushda joning uzila qolmadi-ya!» Tanaboy ham ularga: «Shoshmay turinglar, ablahlar, baribir biz aytganday boʻladi!» deganday ma’nodor qarash bilan javob berardi. Holbuki, bu odamlar yot odamlar emas, oʻz odamlari edi. Uning oʻgay akasi Quliboy hozir qarib qolgan, urushga qadar yetti yilini Sibirda – qamoqda oʻtkazgan. Oʻgʻillari ham otasiga tortdi, Tanaboyni oʻlguday yomon koʻrishadi. Nima uchun ham uni sevishsin? Ehtimol ularning bolalari ham Tanaboy urugʻidan nafratlanishsa kerak. Buning sababi bor. Bu ish allaqachonlar boʻlgan boʻlsa ham alami ketgani yoʻq. Quliboyni shunday qilish kerakmidi? Axir shunchaki uddaburon, ishbilarmon kishi, oʻrtahol dehqon emasmidi? Qarindosh-urugʻchilikka rioya qilmay boʻladimi. Quliboy katta xotindan, u esa kichik xotindan edi, lekin qirgʻizlarda bunday aka-ukalar bir qorindan tugʻilganday hisoblanadi. Demak, u qarindosh-urugʻchilikka ham daxl qildi, oʻsha vaqtda qancha gap-soʻzlar boʻlgan edi. Endi, albatta, turlicha mulohaza yuritish mumkin. Ammo oʻshanda-chi! Axir kolxozni deb u shu ishlarni qilmadimi? Lekin shunday qilish kerakmidi? Ilgarilari shubhalanmasdi, urushdan soʻng esa ba’zan boshqacharoq oʻylab qoladigan boʻldi. Oʻziga va kolxozga ortiqcha dushmanlarni orttirib olmadimikin? – Nega oʻtiribsan, Tanaboy, koʻzingni och, – gapga tortishardi uni. Yana oʻsha eski tashvish: qish ichida hamma goʻnglarni dalalarga olib chiqish, hovlima-hovli yurib yigʻish kerak. Gʻildiraklar yoʻq, demak, qayragʻoch, chambarshina uchun temir sotib olish kerak, lekin qaysi pulga sotib olinadi, qarz berisharmikin, nimaning evaziga? Bank quruq gapga ishonmaydi. Eski ariqlarni tuzatish, tozalash, yangilarini qazish kerak, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling