Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
24 
library.ziyonet.uz/ 
 
qorongʻulikka oʻrgandi. Tanaboy saman otni hayday boshladi. 
 
– Qani, ketdik, chuh, chuh! Yursang-chi! 
 
Koʻprikdan oʻtgandan keyin u otni katta yoʻldan soʻqmoqqa burdi. Endi ular 
qorongʻilikda zoʻr-bazoʻr koʻrinib turgan soʻqmoq bilan soy yoqalab asta-sekin ilgarilab 
borishardi. Oy togʻlar ortidan endigina moʻralab kelayotgandi. Yulduzlar sovuq osmonda 
miltillashib, uning chiqishini kutishardi. 
 
IV 
Gulsari minishga oʻrgatilgan yili yilqilarni kuzgi yaylovlardan kech qaytarishdi. Kuz 
odatdagiga qaraganda choʻzilib ketdi, qish ham yumshoq keldi, qor tez-tez yogʻdi-yu, 
ammo uzoq turmadi. Yem-xashak yetarli edi. Bahorda esa yilqilar yana togʻ 
yonbagʻirlariga qaytib kelishdi va choʻl gullab-yashnashi bilanoq pastlikka tusha 
boshlashdi. 
 
Urushdan keyin Tanaboy hayotida bu, ehtimol, eng yaxshi davr boʻlgan chiqar. 
Qarilikning qoʻngʻir oti uni hali dovon ortida, garchand bu dovon yaqin boʻlsa ham kutib 
turar, Tanaboy hali yosh saman yoʻrgʻani minib yurar edi. Bu yoʻrgʻa ot unga bir necha 
yil keyin uchraganda, u Gulsarini minganda, ehtimol bu qadar oʻzini baxtli sezmasdi. Ha, 
Tanaboy goho odamlar oldida oʻzini koʻz-koʻz qilishdan ham qaytmasdi. Yelib 
ketayotgan saman ot ustida oʻtirib u oʻzini qanday koʻz-koʻz qilmasin! Gulsari buni 
yaxshi bilardi. Ayniqsa Tanaboy ovulga ketayotganida ishga toʻda-toʻda boʻlib 
borayotgan ayollar yoʻlda uchrab qolsa, oʻzini koʻz-koʻz qilishni yaxshi koʻrardi. Ulardan 
hali uzoqda qaddi-qomatini rostlab egar ustida gʻoz oʻtirib olar va uning hayajoni otiga 
ham oʻtardi, Gulsari dumini sagʻrisi baravar koʻtarib olar, yoli shamolda hilpirab borardi. 
U ustidagi chavandozni yengilgina koʻtarib, pishqirib yoʻrgʻalardi. Oq va qizil durrali 
ayollar tizzalariga qadar yashil bugʻdoylarga koʻmilishib yoʻl chekkalariga chiqib 
turishardi. Ular goʻyo sehrlanganday toʻxtab qolishar, hammasi birdaniga qayrilib 
qarashardi, chehralar, porlab turgan koʻzlar, tabassumlar va oppoq tishlar lip-lip etib 
koʻrinardi. 
 
– Hey, yilqichi! Toʻxta-a! 
 
Izma-iz kulgi va qochiriqlar eshitilardi: 
 
– Shoshmay tur, qoʻlga tusharsan, tutib olamiz! 
 
Bir-birlarining qoʻllaridan ushlashib yoʻlni toʻsib uni tutib olishgan kunlar ham boʻlgan. 
Nimalar qilishmas edi deng! Xotinlar hazil-mazax qilishni yaxshi koʻrishadi-da. 
Tanaboyni egardan sudrab tushirishar, qoʻlidan qamchini tortib olishib qah-qahlab 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling