Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 25 library.ziyonet.uz/ kulishar, qiyqirishar edi: – Ochigʻini ayt, qachon qimiz keltirasan? – Biz bu yerda ertalabdan kechgacha dalada ishlaymizu, sen boʻlsang saman otda sayr- tomosha qilib yurasan! – Kim sizlarni ushlab turibdi? Yilqichilikka oʻting. Faqat erlaringga tayinlab qoʻyinglar, oʻzlariga boshqasini qidirishsin. Togʻda sumalakday muzlab qolasizlar. – Ho, hali shunaqami! – yana uni tortqilay boshlashardi. Tanaboy hech kimni saman yoʻrgʻaga minishga yoʻl qoʻymasdi. Hatto uchrashganida darhol kayfiyati oʻzgaradigan va otini sekin yuritishga sababchi boʻladigan oʻsha ayol ham biron marta uni minmagan. Ehtimol, u buni istamagan hamdir. Oʻsha yili Tanaboyni kolxoz taftish komissiyasiga saylashgandi. U ovulga dam-badam kelib turar va deyarli har gal bu ayol bilan uchrashar edi. U idoradan koʻpincha achchiqlanib chiqardi. Gulsari uning koʻzlari, ovozi, qoʻllarining harakatiga qarab buni sezardi. Ammo bu ayol bilan uchrashganida u doim ochilib, hushfe’l boʻlib qolardi. – Hay-hay, sekinroq, qayoqqa shoshasan! – shivirlardi u oʻynoqi otini tinchlantirib va ayol bilan tenglashib olgach sekin haydardi. Ular nima haqdadir asta gaplashishar, ba’zan indamay borishardi. Gulsari xoʻjayinining yuragidagi alam qanday tarqalayotganligini, uning ovozi qanday muloyimlashib borayotganligini, qanday mehr-shafqatli boʻlib ketayotganligini qoʻlidan his qilardi. Shuning uchun ham u oʻzlari yoʻlda bu ayolni quvib yetishlarini yaxshi koʻrardi. Kolxozda turmush ogʻirligini, mehnat kuniga deyarli hech narsa tushmayotganligini, taftish komissiyasining a’zosi Tanaboy Bakasov qanday qilib shunday ahvol yuz berayotganligini, davlatga ham bir narsa berish mumkin boʻladigan, odamlar ham bekorga ishlamaydigan kunlar qachon kelishini soʻrab surishtirib, idoradagilarning boshini qotirayotganligini ot qayoqdan bilsin. Oʻtgan yili hosil bitmadi, yem-xashak qahatchiligi boʻldi, bu yil tumanning yuzi yerga qaramasin deb boshqalar uchun ham plandan tashqari don va mol topshirishdi, oxiri nima boʻladi, kolxozchilarning hollari nima kechadi – bunisi noma’lum edi. Vaqt oʻtib borardi, urushni esdan chiqara boshlashdi, lekin tomorqadan olganlari va dalalardan yashirincha tashib keltirganlari bilan hamon ilgarigiday kun kechirishardi. Kolxozda pul ham yoʻq edi: gʻalla, sut, goʻsht – hammasi zarariga topshirilardi. Yozda chorvachilik rivojlana boshlardi, qishda esa uning ahvoliga maymunlar yigʻlardi, mollar tanqislik va sovuqdan qirilardi. Zudlik bilan qoʻtonlar, molxonalar, yem-xashaklar uchun bazalar qurish kerak edi, qurilish materiallarini esa hech qayerdan topib boʻlmas va ularni topib berishga ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling