Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 33 library.ziyonet.uz/ ojizlikdan, qahr-gʻazabdan uning koʻz qarashlari asta-sekin xiralashib borardi. U magʻlubiyatni tan olgisi kelmay shu koʻyda ortda qolib ketdi. Raqiblar ortda qolganida nafas olishi ham osonlashganday boʻldi. Oldinda esa daryoning muyulishi kumushdek yaltirab, yashil oʻtloq koʻrinmoqda va olisdan odamlarning qiyqiriq, hayqiriqlari eshitilmoqda edi. Eng uchiga chiqqan ishqibozlar yoʻlda kutib turishgan ekan. Ular «ha, chop, ha, chop! Boʻsh kelma!» deb gij-gijlashib, hayqirishib otlarini choptirib borishardi. Shunda saman yoʻrgʻa birdan charchaganligini sezib qoldi. Masofa oʻz ta’sirini koʻrsata boshladi. Orqada nima boʻlayotganligini, uni quvib yetishyaptimi, yoʻqmi, buni Gulsari bilmasdi. Chopish haddan ortiq ogʻirlashib, ot holsizlanib bormoqda edi. Lekin huv oldinda koʻp sonli olomon guvillar va toʻlgʻanar, otliq va piyoda kishilar peshvo chiqib, ikki yoqdan oqib kelar, qichqiriqlar borgan sari kuchayardi. Birdan u: «Gulsari! Gulsari! Gulsari» degan ovozlarni aniq eshitdi. Bu hayqiriqlar, nidolar, xitoblar bilan toʻlgan havodan nafas olayotgan saman ot yangi kuch bilan olgʻa intildi... Eh, odamlar, odamlar! Ular nimalarning uddasidan chiqmaydi deysiz! Gulsari shodlik suronlari va qiyqiriqlar bilan kutib olayotganlarning oralaridan oʻtib, qadamini sekinlatdi-da, oʻtloqni aylanib chiqdi. Ammo bu bilan ish tamom boʻlmadi. Endi oʻzining ham, xoʻjayinining ham ixtiyori qoʻlidan ketdi. Saman yoʻrgʻa bir oz nafasini rostlab, tinchib olganida xaloyiq davrani katta ochib, gʻoliblarni qutladi: «Gulsari, Gulsari, Gulsari!» degan ovozlar koʻkka oʻrladi. U bilan birga esa «Tanaboy! Tanaboy! Tanaboy!» degan hayqiriqlar ham yangrardi. Odamlar saman yoʻrgʻaga yana qandaydir moʻ’jizali kuch bilan ta’sir qilishdi. Magʻrur yuguruk ot boshini baland koʻtarganicha, koʻzlarini chaqnatib sahnaga chiqdi. Gulsari shuhrat havosidan mast boʻlib yana chopishga intilib raqs tusha boshladi. Va bir yonlab qadam tashladi. U oʻzining chiroyli, qudratli va dongʻi chiqqanini bilardi. Gʻolib Tanaboy qoʻllarini ochib xaloyiq oldidan oʻtdi, yana bir ogʻizdan chiqqan «O- min!» soʻzi yangradi, tagʻin yuzlarcha qoʻllar peshonalarga koʻtarilib, oqar suvlarning irmoqlari singari yuzlar ustidan sirgʻalib tushdi. Shunda saman yoʻrgʻa koʻp odamlar orasida birdan tanish ayolni koʻrib qoldi. Garchand u bu gal qora roʻmol emas, oq roʻmol oʻragan boʻlsa ham, fotiha uchun qoʻlini yuziga olib borganida ot uni darrov tanidi. U olomonning birinchi qatorida baxtiyor va shod- xurram boʻlib turar, tezoqar tip-tiniq soylar tubidagi toshlarga oʻxshab porlab turuvchi koʻzlarini ulardan uzmas edi. Uning oldida bir oz turish, xoʻjayini u bilan gaplashib olishi uchun, peshonasida yulduzcha boʻlgan oʻsha jiyron biyaning lablariga oʻxshash silliq va mehribon qoʻllari bilan yollarini tarashi, boʻynini silab-siypashi uchun Gulsari odatdagiday ayol tomon intildi. Lekin Tanaboy nima uchundir jilovni boshqa tomonga tortar, saman ot boʻlsa xoʻjayinini tushunmay, turgan joyida gir aylanib, tinmay ayol |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling