Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 30 library.ziyonet.uz/ uni eslaridan chiqarishadi. Buyuk futbolchining oʻrnini boshqasi egallaydi. Uchqur ot dovrugʻining qismati ham shunday. Musobaqalarda gʻolib chiqaverar ekan, uning shuhrati oshadi. Oralaridagi farq shundaki, otlar hasad qilishni bilmaydi, odamlar esa, Xudoga shukur, otlarga hasad qilishni hali oʻrganganlari yoʻq. Lekin gapning ochigʻi, hasad degan narsa aqlga sigʻmaydi. Shunday hodisalar boʻlganki, hasadgoʻylar odamga yomonlik qilish uchun ot tuyogʻiga mix qoqishgan. Oh, bu mash’um hasad! Ha, mayli, qurib ketsin... Chol Toʻrgʻayning karomati toʻgʻri chiqdi. Oʻsha bahorda saman yoʻrgʻaning baxt yulduzi porladi. Keksa-yu yosh hamma uni tanirdi: «Gulsari!», «Tanaboyning yoʻrgʻasi», «Ovulning koʻrki» deb tilga olardi. Hali «r» harfini ayta olmaydigan jajji bolalar saman yoʻrgʻaning yelishiga taqlid qilishib koʻchani changitishib chopisharkan: «Man Gulsaliman... Yoʻq, man Gulsaliman... Oyi, aytgin, man Gulsaliman-a... Chu-u, olgʻa, he-e-y-y, man Gulsali», deb qichqirishardi. Shuhratning nimaligini va u qanday buyuk qudratga ega ekanligini saman ot oʻzining birinchi katta poygasida bilgan edi. Bu 1 mayda boʻlgandi. Daryo yoqasidagi katta oʻtloqda oʻtkazilgan mitingdan soʻng sayl boshlandi. Har yoqdan son-sanoqsiz xaloyiq yigʻildi. Odamlar qoʻshni sovxozdan, togʻlardan, hatto Qozogʻistondan ham kelishgan edi. Qozoqlar oʻz otlarini qoʻyishdi. Aytishlaricha, urushdan keyin hali bunaqa katta bayram boʻlmagan ekan. Ertalabdanoq, Tanaboy egarlayotgan, ayil va uzangilarni diqqat bilan tekshirayotgan paytdayoq, saman ot egasining koʻzlari yonishidan va qoʻllarining qaltirashidan favqulodda bir narsa boʻlishini sezgan edi. Xoʻjayini juda hayajonlanardi. – Hushyor boʻl, Gulsari, uyaltirib qoʻyma, – shivirladi u otning yoli va peshonasini tarab. – Sen oʻzingni sharmanda qilishing kerakmas, eshityapsanmi! Bunga haqqimiz yoʻq bizning, eshityapsanmi! Odamlarning ovozlari va yugurib-elishidan ham favqulodda bir nima kutilayotganligi sezilardi. Qoʻshni yaylovlarda yilqichilar otlarini egarlashardi. Bolalar allaqachon otlarga minib olishgandi, ular qiyqirib atrofda chopib yurishardi. Keyin yilqichilar toʻplanishdi- da, hammasi birgalikda daryo tomon yoʻl olishdi. Gulsari oʻtloqda bunchalik koʻp ot va odam yigʻilganidan gangib qolgandi. Daryo, suv boʻyidagi tepaliklar ustida shovqin-suron hukmron edi. Rang-barang roʻmol va koʻylaklardan, qip qizil bayroqlar va ayollarning oppoq lachaklaridan koʻzlar qamashardi. Otlarga eng yaxshi abzallar taqilgan. Uzangilar jaranglar, suvliqlar va otlarning koʻkraklariga osib qoʻyilgan kumush oʻmildiriqlar shaqirlardi. Chavandozlar ostidagi otlar qatorda toqatsizlanib depsinishar, jilovni yulqib, tuyoqlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling