Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 29 library.ziyonet.uz/ – Qanday xohlasang, shunday tushunaver. U ketardi, Tanaboy boʻlsa goʻyo ish bilan qayoqqadir ketayotganday qishloq koʻchalari boʻylab yurardi, tegirmon yoki maktab tomon burilardi va loaqal uzoqdan boʻlsa ham qaynanasining uyidan uning chiqishini (ish paytida u qizini shu yerda qoldirardi), qizining qoʻlidan yetaklab ovul chekkasidagi uyiga qanday ketishini bir koʻrishga zor edi. Uning hamma narsasi juda aziz, qadrdon edi. Juvonning u tomonga qaramaslikka tirishib, qadam tashlab borishi ham, qora roʻmol ichidan oqarib koʻrinib turgan yuzi ham, qizchasi ham, yonida chopib borayotgan laychasi ham qadrdon edi unga. Nihoyat u oʻz hovlisiga kirib, koʻzdan gʻoyib boʻlardi, Tanaboy boʻlsa uning qanday qilib boʻm-boʻsh uyi eshigini ochishini, toʻzib ketgan paxtalik choponini yechib, koʻylakchan suv keltirgani chopib ketishini, oʻchoqqa olov yoqib, qizini yuvintirishini, ovqatlantirishini, podadan sigirini kutib olishini va tunda qop qorongʻi, huvillab yotgan uyda yolgʻiz yotib, ular bir-birlarini sevishi mumkin emasligiga, uning oilasi borligiga, uning yoshida sevishi kulgili ekanligiga, har bir narsaning oʻz vaqt-soati borligiga, Tanaboyning xotini yaxshi ayol ekanligiga, u erining boshqa xotin dardida oh-voh qilib yurishiga loyiq ish qilmaganligiga oʻzini ham, uni ham ishontirishga urinayotganligini xayolan tasavvur qilib yoʻlida davom etardi. Bunday fikrlardan Tanaboy oʻzini noqulay sezardi. «Demak, nasib boʻlmagan ekan-da», – oʻylardi u va daryo ortidagi surma rang olisliklarga boqib, dunyodagi hamma narsani – ishni ham, kolxozni ham, bolalarining kiyim-kechaklarini ham, doʻst va dushmanlarini ham, necha-necha yillardan beri gaplashishmay yurgan oʻgay akasi Quliboyni ham, xohlamasa ham tushiga kirib uni sovuq terga botirib yuboradigan urushni ham unutib, oʻzining butun borligʻini unutib, qadimgi ashulalarni kuylay boshlardi. Otining daryoni kechib, narigi qirgʻogʻiga oʻtib yana yoʻlini davom ettirayotganligini ham sezmasdi. Faqat saman yoʻrgʻa yilqilarga yaqinlashib qolganligini sezib, qadamini tezlashtirgandagina u oʻziga kelardi. – T-r-r-r, Gulsari qayoqqa shoshilyapsan? – tizginni tortardi Tanaboy es-hushini yigʻib olib. V Har qalay oʻsha paytlarda Tanaboy ham, saman yoʻrgʻa ham davrini surib qoldi. Uchqur otning dovrugʻi futbolchining dovrugʻiga oʻxshash boʻladi. Koʻcha-koʻyda koptok tepib yurgan kechagi bola birdan hammaning arzandasi, bilimdonlarning ogʻziga tushadi, olomonning zavq-shavqiga sabab boʻladi. Darvozaga toʻp kiritib yurgan mahalda uning dovrugʻi oshib boradi. Soʻng u asta-sekin diqqat markazidan tusha borib, keyinchalik butunlay unutiladi. Hammadan ham ortiq zavqlangan kishilarning oʻzlari birinchi boʻlib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling