Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 27 library.ziyonet.uz/ ish koʻp, ogʻir. Qishda xalq bunday ishlarga chiqmaydi, yer muzlagan, qazib boʻlmaydi. Koʻklamda esa ulgurmaysan – ekish-tikish, qoʻzilatish, oʻtoq qilish, undan keyin esa pichan oʻrimi boshlanadi. Qoʻychilikni nima qilish kerak. Urchitish uchun binolar qani? Sut fermasida ham ahvol yaxshi emas. Tomi chirib ketgan, yem-xashak yetishmaydi, sut sogʻuvchilar ishlashni xohlashmaydi. Ertadan kechgacha urinib yurishadi, ammo nima haq olishadi? Boshqa yana qancha har xil tashvish va kamchiliklar bor. Vahima bosib ketardi ba’zan. Shunday boʻlsa ham oʻzlarini qoʻlga olib, partiya majlisi, kolxoz boshqarmasida bu masalalarni yana muhokama qilishar edi. Choro rais edi. Faqat keyingina Tanaboy uning qadriga yetdi. Tanqid qilish oson ekan. Tanaboy bir uyur otlar uchun javob bersa, Choro kolxozdagi hamma odamlar va barcha ishlar uchun javobgar edi. Ha, Choro metin odam edi. Hamma ishlar barbod boʻlayotganday tuyulganida tumanda unga qarab stolni doʻqillatganlarida va kolxozda yoqalaridan tutganlarida Choroning ruhi tushmadi. Tanaboy uning oʻrnida boʻlganida yo aqldan ozardi, yo oʻzini oʻzi oʻldirardi. Choro boʻlsa xoʻjalikni saqlab qola oldi, oxirigacha, yuragi ishdan chiqquncha turib berdi, keyin ham yana ikki yilcha partiya tashkilotchisi boʻlib ishladi. Choro ishontira olar, odamlar bilan gaplasha bilar edi. Tanaboy uni tinglab hamma ish yaxshilanib ketishiga, turmush nihoyat odamlar dastlabki paytlar orzu qilganday boʻlishiga yana ishona boshlardi. Uning Choroga boʻlgan ishonchi bir martagina susaydi, lekin shunda ham uning oʻzi koʻproq aybdor edi... Tanaboy idoradan qosh-qovogʻi osilib chiqqanida, egarga zarb bilan oʻtirib, jilovni siltab tortganida uning koʻnglida nimalar yuz berayotganini yoʻrgʻa bilmasdi. Lekin u xoʻjayinining ahvoli juda yomonligini sezardi. Garchand Tanaboy uni hech qachon urmagan boʻlsa ham, saman ot bunday paytlarda xoʻjayinidan choʻchib turardi. Yoʻlda oʻsha juvonni koʻrishi bilan xoʻjayini ancha yengil tortib, koʻngli yumshashini, uni toʻxtatib, ayol bilan bir nimalar haqida sekin gaplashib turishini, juvonning qoʻllari esa Gulsarining yollarini tarab, boʻynini silab-siypashini ot bilardi. Hech bir odamning qoʻllari bunchalik muloyim emasdi. Bu qoʻllar peshonasida yulduzi bor huv oʻsha jiyron baytalchaning lablari singari yoqimli va yumshoq edi. Olamda hech kimda bu juvonning koʻziday koʻz yoʻq edi. Tanaboy egardan egilib u bilan gaplashar, u boʻlsa goh jilmayar, goh xoʻmrayar, nimagadir rozi boʻlmay boshini tebratar, koʻzlari shoshqin daryoning tubidan oydinda koʻrinib turuvchi toshlar kabi yaltirardi. Ketayotib, u qayrilib qarar va yana boshini tebratardi. Shundan keyin Tanaboy ot ustida oʻychan ketardi. U jilovni erkin qoʻyib yuborar, yoʻrgʻa ham oʻz erkiga koʻra tuyoqlarini taqillatib bamaylixotir yurib borardi. Goʻyo egarda xoʻjayini yoʻqday. Goʻyo ularning har biri oʻz-oʻzlaricha ketayotganday. Shunda qoʻshiq ham oʻzidan-oʻzi kela qolardi. Tanaboy saman ot tuyoqlarining bir maromdagi taq-tuqi ostida allaqachonlar oʻtib ketgan odamlarning azob-uqubatlari haqida soʻzlarni aniq talaffuz etmay sekin hirgoyi qilib kuylab borardi. Ot esa mashqini olgan yurish bilan uni daryo ortiga, yilqilar tomon olib ketardi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling