Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0,88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 28 library.ziyonet.uz/ Gulsari xoʻjayinining kayfi shunday chogʻ boʻlishini sevar, bu juvonni ham oʻzicha yaxshi koʻrar edi. U juvonni qaddi-qomatidan, qadam tashlashidan tanirdi, hatto undan tarqaluvchi notanish oʻtning qandaydir gʻalati hidini sezgirlik bilan payqab olardi. Bu – qalampir munchoq edi. U qalampir munchoqdan marjon taqib yurardi. – Koʻryapsanmi, u seni naqadar yaxshi koʻradi, Bibijon, – derdi juvonga Tanaboy. – Qani, silab-siypachi, yana bir silab-siypa. Ho, quloqlarini solintirib yubordi-yu! Buzoqning xuddi oʻzginasi-ya. Yilqilarga esa uning dastidan kun yoʻq. Erkiga qoʻyib bersang bas. Aygʻirlar bilan xuddi itday tishlashadi. Shuning uchun ham uni minib yuribman, mayib qilib qoʻyishmasin, deb qoʻrqaman. Hali yosh. – U-ku sevadi-ya, – xayolini band qilgan bir nima haqda oʻylab turib javob berdi juvon. – Boshqalar sevmaydi, demoqchimisan? – Men boshqa narsani gapiryapman. Bizning sevishadigan vaqtimiz oʻtib ketdi. Senga achinaman. – Nega endi? – Sen unaqa odam emassan, keyin qiyin boʻladi senga. – Senga-chi? – Menga nima? Men bevaman, soldat xotiniman. Sen boʻlsang... – Men boʻlsam taftish komissiyasining a’zosiman. Mana, seni uchratib qoldimu, u-bu faktlarni surishtirib olyapman, – hazil qilishga urinib koʻrdi Tanaboy. – Negadir sen faktlarni tez-tez surishtiradigan boʻlib qolding. Hushyor boʻl. – Men nima qilibman? Men ham yoʻlimda ketayotgandim, sen ham... – Men oʻz yoʻlim bilan ketayapman. Bizning yoʻlimiz bir emas. Xoʻsh, xayr. Vaqtim yoʻq. – Quloq sol, Bibijon! – Xoʻsh, nima? Kerakmas, Tanaboy. Nima keragi bor? Aqlli odamsan-ku, axir. Sensiz ham yuragim siqilib yuribdi. – Nima, men senga dushmanmanmi? – Sen oʻzingga dushmansan. – Bu nima deganing? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling