Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
36 
library.ziyonet.uz/ 
 
uzangidan boʻshatib oldi-da, uni qora toʻriq aygʻirning biqiniga tirab oldi. Uloqni oʻziga 
tortib, ayni paytda oyogʻi bilan raqibining otini itarayotgandi. Qozoqning panjasi asta-
sekin ochila boshladi. 
 
– Oʻzingni tut! – uni ogohlantirishga ulgurdi yengilgan qozoq. 
 
Kuchli siltovdan Tanaboyning egardan uchib tushishiga sal qoldi. Lekin oʻzini tutib oldi. 
Shodligidan qiyqirib yubordi. Saman otni birdan keskin burdi-da, halol kurashda qoʻlga 
kiritilgan oʻljani taqimga bosib qocha boshladi. Unga tomon esa bir gala chavandozlar 
baqirib-chaqirib chopib kelayotgandi: 
 
– Gulsari! Gulsari oldi! 
 
Qozoqlar toʻdalanishib, uning yoʻlini toʻsishga tashlanishdi, 
 
– Oʻy-bay, ushla, Tanaboyni tut! 
 
Endi eng muhimi – ushlab olishlaridan qutulish va ovuldoshlarining qurshoviga tezroq 
oʻtish edi. 
 
Tanaboy tutib olmoqchi boʻlgan kishilardan oʻzini chetga tortib saman otni yana birdan 
keskin buradi. «Balli, Gulsari, rahmat senga, aqlli samanim!» – deb minnatdor boʻlardi u 
yoʻrgʻadan. Yoʻrgʻa oʻz egasi tanasining salgina egilishini ham payqab, goh u, goh bu 
tomonga burilib, quvib boruvchi raqiblaridan epchillik bilan qutulardi. 
 
Yoʻrgʻa ot deyarli yer bagʻirlab, goh u yoqqa, goh bu yoqqa burilib qiyin ahvoldan 
qutulib, oʻqday chopib ketdi. Bu orada Tanaboyning ovuldoshlari ham yetib kelishdi, ikki 
tarafdan, orqadan uni oʻrab olishdi va hammasi birgalashib zich toʻda boʻlib qochib 
qolishdi. Lekin quvayotganlar yana oldilaridan chiqib qolishdi. Tagʻin burilib qochishga 
toʻgʻri keldi. Goh u, goh bu qanotga tashlanib uchuvchi tez uchar qushlar galasi singari
keng choʻl boʻylab qochuvchilar va ularni quvuvchi chavandozlar galasi uchib borardi. 
Havoni chang-toʻzon qoplagandi. Ovozlar jaranglar, kimdir oti bilan birga yiqilar, kimdir 
oʻmbaloq oshib tushar, kimdir oqsoqlanib oʻz otini quvardi, lekin hammani 
musobaqaning zavq-shavqi qamrab olgan edi. Oʻyinda hech kim javobgar emas. 
Tavakkalchining va dovyuraklikning onasi bitta... 
* * * 
Botib borayotgan quyoshning bir chekkasigina koʻrinib turardi, qosh qorayib qolgan. 
Yerni larzaga keltirayotgan olomon-poyga esa moviy oqshomning salqinida hamon 
davom etardi. Endi hech kim qichqirmas, hech kim hech kimni ta’qib etmas, lekin 
hamma qizgʻin harakatdan mast boʻlib chopishda davom etardi. Choʻzilib borayotgan 
chavandozlar oqimi toʻlqin kabi chopish ritmi va kuyiga berilib tepalikdan tepalikka 
koʻchib yurardi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling