Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 44 library.ziyonet.uz/ ustida jimgina qarab turardi. Tanaboy bir tunning ichida oriqlab ketgan saman otni minib jiqqa hoʻl ichki koʻylakda qoʻrqinchli holatda jimgina kelardi, Gulsari oʻng oyogʻiga oqsardi. – Biz boʻlsak sizni qidirib yuribmiz! – quvonib xabar qildi uning oldiga chopib borgan yigitcha, – Jaydar opa endi tashvishlana boshlagandi... Eh, bolakay, bolakay... – Adashib qoldim,– toʻngʻilladi Tanaboy. Er-xotin shu tarzda uchrashishdi. Bir biriga hech narsa deyishmadi. Yigitcha jarlikdagi yilqilarni haydash uchun uzoqlashganida xotini sekin dedi: – Bu nimasi, hatto kiyinishga ham ulgurmabsan. Yaxshiyamki, ishtoning bilan etiklaring bor. Uyatmasmi? Axir endi yosh emassan-ku. Ana, bolalarnng yaqinda ulgʻayib qolishadi, sen boʻlsang... Tanaboy miq etmasdi. Nima ham desin? Bu orada yigitcha yilqilarni haydab keldi. Hamma otlar va toylar sogʻ-salomat edi. – Uyga ketdik, Oltivoy, – yigitchani chaqirdi Jaydar. – Bugun sizlarning ham, bizlarning ham bir dunyo ishimiz bor. Shamol oʻtovlarimizni agʻdar-toʻntar qilib tashladi. Yur, yigʻishtirib olaylik. Tanaboyga boʻlsa sekin dedi: – Sen shu yerda tura tur. Senga ovqat, kiyim-kechak keltiraman. Odamlarning koʻziga qanday koʻrinasan bu ahvolda? – Huv anavi yerda, pastda boʻlaman, – deb ishora qildi Tanaboy. Ular joʻnab qolishdi. Tanaboy yilqilarni yaylovga haydab ketdi. Uzoq haydadi. Oftob yoyilib kun ilidi. Choʻl bugʻlanib jonlandi. Yomgʻir va koʻkatlarning hidi anqiy boshladi. Otlar baland-pastliklardan, jarliklardan shoshilmay loʻkillab, sayhonlikka chiqishdi. Bu yerda Tanaboy koʻzi oldida goʻyo boshqa bir olam ochilganday boʻldi. Uzoq-uzoqlarda ufq oq bulutlarga burkangandi. Osmon cheksiz, baland va tip-tiniq. Bu yerdan juda uzoqda, choʻlda poyezd tutun taratib ketardi. Tanaboy otdan tushib, oʻt-oʻlanlar ustidan yurib ketdi. Yonginasidan toʻrgʻay «pirr» etib uchdi-da, balandga koʻtarilib sayray ketdi. Tanaboy boshini quyi solib borardi, toʻsatdan yerga gupillab dumalab tushdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling