Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
46 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Togʻlar ortidan oy koʻtarildi, tuman ichida osmonda osilib qoldi... Yulduzlar tovushsiz 
uchar va soʻnar edi. 
 
– Sen shu yerda yota tur, men borib qovray terib kelay, – dedi chol. 
 
U bulturgi qurigan oʻtlarni yigʻib, atrofda uzoq daydib yurdi. Bir quchogʻini tergunicha 
qoʻllarini tikanlar tirnab ketdi. Keyin, har ehtimolga qarshi, qoʻlida pichoq tutib jarlikka 
tushdi va bu yerda yulgʻunga duch keldi. 
 
U chinakam gulxan qalaydigan boʻldik, deb quvonib ketdi. 
 
Gulsari yaqinida yonayotgan olovdan doim qoʻrqardi. Hozir esa qoʻrqmadi, yonidan issiq 
va dud urib turardi. Tanaboy qop ustida indamay oʻtirar, gulxanga goh yulgʻun, goh 
burgan tashlab, olovdan koʻz uzmay qoʻllarini isitardi. Ba’zan oʻrnidan turib, ot ustiga 
tashlangan poʻstinini tuzatib qoʻyar va yana olov yoniga oʻtirardi. 
 
Gulsari isinib oldi, qaltirashi toʻxtadi, ammo koʻz oldi qorongʻilashar, koʻkragi qisilar, 
nafas olishga havo yetishmasdi. Shamolda olov goh pasayar, goh kuchayardi. Qarshisida 
oʻtirgan, uzoq vaqtdan beri uning xoʻjayini boʻlib kelgan chol goh gʻoyib boʻlar, goh 
paydo boʻlardi. Alahsirayotgan saman otga goʻyo u egasi bilan birga boʻronli tunda 
chopib borayotganday, oyoqlarini tikka koʻtarib kishnayotganday, yilqilarni 
qidirayotganday, ammo ular topilmayotganday tuyulardi. Oppoq chaqmoqlar yalt-yult 
chaqnab, soʻng, oʻchib turganga oʻxshardi. 
 
Goh yorishar, goh qorongʻilashar, goh yorishar, goh qorongʻilashar edi... 
 
VII 
Qish tugadi, yashash unchalik ogʻir emasligini choʻponlarga koʻrsatish uchun qish 
vaqtincha oʻrnini boʻshatdi. Issiq kunlar keladi, mollarga moy bitib, et oladi, sut va goʻsht 
moʻl-koʻl boʻladi, poyga va bayramlar boʻladi, oddiy kunlar boshlanadi: qoʻzilatish-
qulunlatish, jun qirqish, yosh molni oʻstirish, yaylovdan-yaylovga koʻchish, goʻsht 
kombinatiga qoʻy-yilqilarni haydab borish kerak, bu ishlar orasida har kimning oʻz 
tashvishi – muhabbat va ayriliq, tugʻilish va oʻlim bor, farzandlarning 
muvaffaqiyatlaridan odamlar gʻururlanishadi, ular haqida internatdan noxush xabarlar 
olganda: «Oʻzimning oldimda boʻlganida, ehtimol, yaxshiroq oʻqirmidi», deb kuyib-
pishishadi. Nimalar, boʻlmaydi, deysiz, tashvishlar boshingizdan oshadi va qishki azob-
uqubatlar vaqtincha esdan chiqadi. «Yut» keladi, mollar nobud boʻladi, yerlar yaxmalak 
bilan qoplanadi, teshik-yirtiq oʻtovlar va muzdek molxonalar kelgusi yilgacha 
svodkalarda va hisobatlarda qolib ketadi. Keyin yana qish bosib keladi, oq tuyasida 
chopib keladi, togʻdami, choʻldami, qayerda boʻlmasin, choʻponni izlab topadi va unga 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling