Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
45 
library.ziyonet.uz/ 
 
Gulsari xoʻjayinini hech qachon bunday ahvolda koʻrmagandi. U yuz tuban yotar, 
yelkalari yigʻidan qalt-qalt qilardi. U nomus va alamdan yigʻlardi, umrida soʻnggi bor 
erishgan baxtidan ayrilganini bilardi u. Toʻrgʻay boʻlsa hamon sayrardi... 
Ertasiga yilqilar togʻlar tomon yoʻl olishdi – endi ular bu yerlarga faqat kelgusi yili erta 
bahorda qaytishlari kerak edi. Koʻchmanchilar daryo boʻylab ovul yaqinidagi sizot 
pichanzorlardan oʻtib borishardi. Qoʻy-qoʻzilar, sigirlar, yilqilar oʻtib borardi. Yuk 
ortilgan tuyalar va otlar oʻtib borar, egarlarida ayollar va bolalar oʻtirishardi. Paxmoq 
itlar chopishardi. Havoni har xil ovozlar: baqiriqlar, kishnashlar, ma’rashlar larzaga 
keltirgan edi. 
 
Tanaboy oʻz yilqilarini keng oʻtloqdan, keyin yaqindagina bayramda xaloyiqning gʻala-
gʻovuri, shovqin-suroni hukm surgan tepalikdan haydab borar va ovul tomonga 
qaramaslikka harakat qilardi. Gulsari bir mahal toʻsatdan chekkadagi hovli tomon 
qayrilganida, bu qiligʻi uchun qamchi yedi. Shunday qilib, ular manglayida yulduzi bor 
oʻsha toʻriq baytalchaning lablari singari silliq va mehribon qoʻlli juvonning hovlisiga 
kirishmadi. 
 
Yilqilar baravariga chopib borishardi. 
 
Saman yoʻrgʻa xoʻjayinining oʻlan aytishini istardi, lekin u miq etmasdi. Ovul ortda 
qoldi. Xayr, ovul. Oldinda togʻlar. Kelgusi bahorgacha xayr, choʻl. Oldinda togʻlar. 
 
VI 
Tun yarimlab qolgandi. Bundan bu yogʻiga Gulsari ortiq yura olmasdi. U bu yerga, 
jarlikka qadar necha martalab toʻxtab-toʻxtab bir amallab yurib keldi, lekin jarlikdan 
oʻtishga endi majoli yetmasdi. Otdan bundan ortiq talab qilish mumkin emasligini keksa 
Tanaboy tushundi. Gulsari azoblanib ingrar, odam kabi ingrar edi. U yota boshlaganida 
Tanaboy xalaqit bermadi. 
 
Sovuq yerda yotganida ham saman ot kallasini u yoqdan-bu yoqqa tebratib ingrashdan 
toʻxtamasdi. U sovqotgandi, butun tanasi qaltirardi. Tanaboy ustidan poʻstinini yechdi va 
uni otning beliga yopib qoʻydi. 
 
– Nima boʻldi, ahvoling yomonmi? Juda yomonmi? Sovqotdingmi, Gulsari? Sen axir 
hech qachon sovqotmasding-ku. 
 
Tanaboy yana allanima deb gʻulduradi, lekin saman yoʻrgʻa endi hech narsani eshitmasdi. 
Uning yuragi goʻyo yilqilar oʻzlarini ta’qib qilayotganlardan dahshatga tushib 
qochayotganday, gum-gup, gum-gup, gum-gup etib naq qulogʻining ostida tartibsiz 
urardi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling