Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
48 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Internatdagi oʻgʻlining oldiga, shu bilan birga bir yoʻla stansiyaga – chayqov bozoriga 
ham borish, bolalari va xotini uchun u-bu kiyim sotib olish kerak edi. 
 
– Unday boʻlsa, Jaydar, yoʻrgʻani egarlay, – dedi Tanaboy choydan hoʻplab. – Boʻlmasa 
qaytib kelishga ulgurmayman. Oxirgi marta minib borib kelaman, keyin unga 
tegmayman. 
 
– Mayli, oʻzing bilasan, – rozi boʻldi Jaydar. Tashqarida otliqlarning dupuri eshitildi. 
Kimdir ular tomon kelardi. 
 
– Qara-chi, – dedi Tanaboy xotiniga. – Kim ekan u? 
 
U chiqdi-da, qaytib keldi, ferma mudiri Ibrohim va u bilan birga yana ovuldan kimdir 
kelganligini aytdi. 
 
Tanaboy oʻrnidan istar-istamas qoʻzgʻaldi, qizini qoʻliga koʻtarib oʻtovdan chiqdi. 
Garchand u yilqichilik fermasining mudiri Ibrohimni uncha yoqtirmasa ham, mehmonni 
kutib olish kerak edi. Ibrohimni nima uchun yoqtirmasligini Tanaboyning oʻzi ham 
bilmasdi. U boshqalarga qaraganda xushmuomalali edi, ammo shunday boʻlsa ham u 
subutsiz odamga oʻxshardi. Eng yomoni shu ediki, hech qanday ish bilan 
shugʻullanmasdi, faqat hisob-kitob olib borardi. Fermada yilqichilik ishlari oʻlda-joʻlda, 
har bir yilqiboqar oʻz holiga tashlab qoʻyilgandi. Partiya majlislarida Tanaboy bu haqda 
necha bor gapirganda hamma unga qoʻshilardi, Ibrohim ham qoʻshilib, tanqid uchun 
minnatdorchilik bildirardi, lekin hamma narsa ilgarigiday qolib ketaverardi. 
Yaxshiyamki, vijdonli, halol yilqiboqarlar tanlangan. Ularni Choroning oʻzi tanlagandi. 
 
Ibrohim egardan tushib, ochiq yuz bilan qulochini yozdi. 
 
– Assalomu alaykum, xoʻjayin! – u hamma yilqi boqarlarni xoʻjayin deb atardi. 
 
– Vaalaykum assalom! – vazmin javob berdi Tanaboy kelganlarning qoʻlini siqib. 
 
– Sogʻ-omonmisizlar? Otlar qalay, Tanaka, oʻzingiz qalaysiz? – Ibrohim ogʻzi oʻrganib 
qolgan savollarni sigʻdirar, odatdagi tabassumidan uning semiz yuzi yoyilib ketardi. 
 
– Joyida. 
 
– Xudoga shukur. Sizdan koʻnglim toʻq. 
 
– Oʻtovga marhamat. 
 
Jaydar mehmonlar uchun yangi kigiz toʻshadi, kigiz ustiga esa echki terisidan qilingan 
poʻstak tashladi. Unga ham Ibrohim iltifot qildi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling