Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
50 
library.ziyonet.uz/ 
 
boybicha, juda ajoyib ekan. Hidini qarang, qanday oʻtkir. Yana bir kosa quyingchi. 
 
Yana u-bu hakda gaplasha boshlashdi. Tanaboyning koʻngli koʻngilsiz bir narsani sezib 
turardi, lekin nima maqsadda kelishganini tushuna olmadi. Nihoyat, Ibrohim 
choʻntagidan qanaqadir qogʻozni oldi. 
 
– Tanaka, biz sizning oldingizga mana shu ish bilan, manavi qogʻoz bilan keluvdik. 
Oʻqib koʻring. 
 
Tanaboy ovoz chiqarmay hijjalab oʻqirdi, oʻqirdi-yu koʻzlariga ishonmasdi. Yirik-yirik 
harflar bilan qogʻozga shular yozilgandi: 
«Farmoyish. 
 
Yilqichi Bakasovga. 
 
Saman yoʻrgʻa Gulsari minib yurish uchun otxonaga joʻnatilsin. 
 
Kolxoz raisi (aji-buji imzo). 1950 yil, 5 mart». 
Ishning bunchalik yomon tus olishidan esankirab qolgan Tanaboy indamay qogʻozni 
toʻrtga bukladi-da, gimnastyorkasining koʻkrak choʻntagiga soldi va koʻzini yerdan 
uzmay uzoq oʻtirib qoldi. Kuragining osti muzlab, koʻngli behuzur boʻla boshladi. 
Sirasini aytganda, bunda kutilmagan, tasodifiy hech narsa yoʻq. Keyinchalik ishlatish, 
minib yurish uchun u otlarni parvarish qilayotgan edi-da. Bu yillar ichida u qancha-
qancha otlarni brigadalarga joʻnatdi. Lekin Gulsarini berish uning qoʻlidan kelmasdi. 
Shuning uchun u saman yoʻrgʻani qanday qilib olib qolish haqida zoʻr berib fikr yurita 
boshladi. Hamma ishni puxta oʻylab qilish kerak edi. Oʻzini tutib olishi kerak. 
 
Ibrohim bezovtalana boshladi: 
 
– Mana shunday arzimagan ish bilan sizning oldingizga keldik, Tanaka, – ehtiyotkorlik 
bilan dedi u. 
 
– Ma’qul, Ibrohim, – xotirjam boqdi unga Tanaboy. – Bu ish qochib qutulmaydi. Yana 
qimizdan ichaylik, gaplashib oʻtiraylik. 
 
– Ha, albatta, siz aqlli odamsiz-ku, Tanaka. 
 
«Aqlli! Sening avrab aldashlaringga uchib boʻpman!» – dedi ichida Tanaboy 
achchigʻlanib. 
 
Yana anchayin suhbat boshlandi. Endi shoshilishning hojati yoʻq edi. 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling